Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 246 (Jesus Faces the Sanhedrin)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

15. Iso Yahudiylarning Oliy Kengashi Oldida (Matto 26:57-68)


MATTO 26:57-63
57 Isoni qo'lga olganlar Uni bosh oliy ruhoniy Kayafaning huzuriga keltirdilar. U yerga ulamolar bilan oqsoqollar ham to'plandilar. 58 Butrus esa Isoga uzoqdan ergashib, oliyruhoniyning hovlisigacha keldi. Ichkariga kirib, bu voqeaning oxirini ko'rish uchun xizmatkorlar bilan birga o'tirdi. 59 Oliyruhoniylar, oqsoqollar va butun Oliy Kengash Isoga o'lim jazosini berish uchun Unga qarshi soxta dalillar izlashga tushdilar. 60 Anchagina gunohlar olg'a chiqqan bo'lsa-da, yetarlicha ayblovchi dalillar topilmadi. Nihoyat ikki soxta guvoh so'zga chiqib: 61 - Bu odam: “Men Xudoning ma'badini buzib, uch kunda qayta tiklay olaman”, degan, - deb aytishdi. 62 Bosh oliy ruhoniy o'rnidan turib, Isoga: - Nega Sen hech javob qaytarmaysan? Ularning ayiblovlariga nima deysan? - dedi. 63 Iso indamadi. Oliyruhoniylar Unga: - Barhayot Xudo haqi Senga qasam ichirayinki, bizlarga ayt: Xudoning O'g'li - Masih Senmisan? - dedi.
(Matto 27:10, Yuhanno 2:19-21, Havoriylar 6:14)

Yahudiylarning Oliy Kengashi oldida nomoyon bo'lgan guvohlar Masihga qarshi hech narsani isbotlay olmadilar chunki ularning hikoyalari bir-biriga qarama qarshi edi. Oqlovchilar, boshliqlar va oqsoqollar Masihni hukm qilish uchun hech qanday sabab topmadilar, va U ularning oldida begunoh bo'lib qoldi.

Ular Masih ma'bad buzilib yana uch kunda qurilishi haqida aytgan gapini tushunmadilar. Iso O'zi bu ma'badni buzishini aytmagan, balki ular Xudo bilan to'lgan Uning tanasining ma'badini buzishlarini va Iso buni uch kunda qayta qurishini aytgan. Bu haqiqatdan ham Uning o'limi va tirilishini oldindan aytib berdi.

Iso yolg'onchilar va soxta da'volar oldida jimlikni saqladi. Bu sud mag'lubiyatga uchraganda, (shu yilgi oliy ruhoniy) Kayafaning jahli chiqib, Masihni aldashga harakat qildi. Kayafa Unga qarshi hukm bo'lishi uchun Uni hukm qiladigan gap aytishini Isodan xohladi. Biroq, Iso javob qaytarmasdan, balki bir og'iz ham so'z aytmasdan unga qaradi.

IBODAT: Rabbiy Iso, Sen hech qanday yolg'oni yo'q haqiqatsan. Sen dushmanlaringning soxta da'vosiga javob bermasdan, balki Seni himoya qilishi uchun samoviy Otanga ishonib, ular oldida jim turding. Biz har bir kengash yoki yovuz so'rovchilar oldida o'zimizni himoya qilishga yoki o'zimizga ishonishga emas, balki biz bilan bo'lgan huzuringa va himoyanga ishonishga o'rganishimiz uchun bizga yordam ber. Bizda Muqaddas Ruh bo'ladi va bizga kerak bo'lganda gapirish uchun ruhsat beradigan va'dang bor. Savol-javob qilishganda ehtiyotkorlik, kamtarlik va kuch bilan Senga ishonish uchun va Sen haqingda guvohlik berish uchun har bir imonliga yordam ber.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun yahudiylarning Oliy Kengashi oldida savol-javob qilinyotgan payitda jim turdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)