Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 224 (Parable of the Wise and Foolish Virgins)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

12. Dono va Nodon ayollar haqidagi Masal (Matto 25:1-13)


MATTO 25:6-7
6 Tunning yarmida birdaniga ovoz yangrabdi: - Ana, kuyov kelyapdi, uni qarshilagani chiqinglar! 7 Shunda qizlarning hammasi turib, chiroqlariga yopishibdi.

Hamma Yangi Ahdni o'qiydigan kishi uning boblarida Masihning ikkinchi kelishi haqida eslatishini topadi. Bu xabar uch yuz marotaba eslatib o'tiladi. Shunday alomatlar odatda imonlilarni o'zlarini muqaddaslashga chaqirishi bilan uyushtiriladi. Kelin kuyov bilan uchrashish uchun o'zini bezatgani kabi, Masihning a'zolari ham o'zlarini kamtarlik bilan, sevgi, hursandchilik va poklik bilan bezatadilar.

Hech kim gunoh tufayli o'zini haqiqatdan ham poklay olmaydi. Lekin Masih bizni qoni bilan pokladi, Muqaddas Ruh bizni Masihiylik qonunini bajarishga boshlaydi va hayotimiz uchun ilohiy sevgini qo'llash istagini bizda yaratadi. Bu inoyatli Ruh yer-yuzida muqaddaslikni mehr-shavqatni amalda qilish uchun sababdir.

Hech kim o'zining kuchi bilan Xudoni va do'stlarini sevolmaydi. Shuning uchun, biz Xudoning tirik va harakat qiladigan Kalomi bo'lishimiz uchun yuragimizda bizga Xudoning so'zlari kerak bo'ladi. Shu yerda Masihning masaliga diqqat qiling. Hamma kelinning dugonalari Xudoning So'zini bilishar edi va Muqaddas Ruhining ma'zasini tatishgan, biroq es-hushlilar Xudoning kuchidan ko'p yig'ishganda, ovsarlari faqat ozgina yig'ishdi. Bu ovsar va es-hushlilar o'rtasidagi farqdir. Ma'zasini tatigandan keyin, Xudoning ruhi kamlik qilgan kishi yo'qoladi, chunki faqat bu Ruh orqali harakatlanadiganlar saqlanib qoladi.

Biz Xudo ruhining yog'ini qanday qilib olamiz? Xudoning ruhini olish qobilyati bizga xochga Mixlangan Iso orqali kelishini unutmang. Bu har bir tavba qilgan gunohkorda Isoning kechirimi orqali Yupatuvchining ruhini olish yutug'i bo'lishidir. To'g'ridan-to'g'ri samoviy Otamizdan bu buyuk in'omni so'rashga jasoratli bo'ling, chunki U barcha bolalarini muqaddaslashni xohlaydi. Xudoning ruhi sizning ichingizda yashaydimi? Iliq bo'lmasligingiz uchun yoki gunohga yoki ruhan o'limga qulamasligingiz uchun bugun Muqaddas Ruhning in'omini izlang.

Xudo ruhi bilan siz qanday qilib saodatli bo'lasiz? Muqaddas Kalomning so'zlarini o'qing va buning ustida fikr yuriting, va imonlilarning tajribalarini tinglang. Siz faqat o'zingiz Xudo So'zini to'liq bila olmaysiz. Hatto siz Kalomni o'n marotaba o'qigan bo'lsangiz ham va deyarli uni yoddan bilsangiz ham Xudoning rahbarligiga erishish uchun boshqa imonlilar bilan o'rganish bu hosillidir.

Biz Muqaddas Ruhda qanday qilib qolamiz? Bu biz o'zimizning ahmoq hulqimiz bilan Xudo Ruhini hafa qilmasdan, balki Uning yumshoq chaqiruviga bo'ysunib, har bir gunohni rad etib, Xudoning Otaligiga ishonib, va Unga sodiqlik va sabr-toqat bilan xizmat qilganimizda, bu amalga oshishi mumkin. Poklangan imonli Ruhning rahbarligi ostida kamtarlik va mehribonchilik bilan hayot kechiradi. Bu tarzda, siz hayotingiz orqali Masihni ulug'lashingiz mumkin va samoviy Otangizning suratini boshqalarga ochib berishingiz mumkin. Bu yo'lda, siz ovsar bo'lishga qaraganda dono bo'lasiz.

IBODAT: Ota, biz Senga rahmat aytamiz, chunki hatto biz nomaqul va gunohkor bo'lishimizga qaramay, Sen bizga inoyatli qutqaruving tufayli Muqaddas Ruhingni ato etding. Sening inoyating kuchsizligimizda komil bo'lishi uchun O'g'lingning qoni bizni poklaydi. Bizning sevgimiz kam bo'lmasdan, tayyorlik va kamtarlik bilan xizmat qilishimiz uchun, misoling bilan to'lishimiz uchun va samoviy kuyovning kelishini kutib, xushxabaring kuchida yurishimiz uchun bizni kuching bilan to'ldir.

SAVOL:

  1. Muqaddas Ruhning kuchini biz qanday qilib olamiz va bunda biz qanday qilib yashaymiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)