Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)
1. Isoning Quddusga Kirishi (Matto 21:1-9)MATTO 21:1-5 Isoning hayoti payg'omning bajarishda natijaga kelgan Ruh yetaklagan donolikka asoslangan edi. U Otasi bilan to'la birlikda yashagan va U oldindan nima sodir bo'lishi haqida bilar edi. Iso Quddusga kirishidan oldin, U “Rabbiyda muhtojlik bor” deb O'zining kamtarligini izohlab bergan izohini shogirdlariga yaratdi. Qudratli bo'lgan Xudo O'g'li O'zidan kechib, kuchsiz inson qiyofasiga kirdi. U hech narsasi bo'lmasdan, hatto bitta xo'kizi ham bo'lmasdan muhtoj va kambag'al bo'ldi. Bugun, bizda yaxshi moshinalar va xashamatli uylar bor, lekin Iso u joydan bu joyga ko'chib yurgan va boshini qo'yadigan joyi bo'lmagan. Zaharyo 9:9 da Shohning kelishi haqidagi va'da eshakni va uning xo'kizini o'z ichiga olgan. Bu hayvonlar uchta ajoyib payg'omga hos haqiqatlarda rol o'ynashgan. Birinchisi, Xudoning O'g'li mag'rur emas edi, balki siyosiy rejalar va zo'ravonliksiz kamtar bo'lgan. Ikkinchisi, U ruhiy Shoh va oldindan va'da etilgan Masih bo'lgan. Uchinchisi, U buyuk quvonchga va g'alaba bilan baqirishlarga loyiq bo'lgan. Isoning davrida eshaklar juda katta safar uchun foydalanilgan; otlarni faqat buyuk kishilar egallab olishgan va odatda ular urush uchun ishlatilgan. Bir tomondan eshaklar yuklarni tashishdek shunday past xizmatlarda ishlatilgan. Hatto Masih, Emanuil (Xudo biz bilan), Uni olib yurish uchun bir farishtani chaqirdi (Zabur 17:10), U kamtar bo'lib eshakka mindi. Ba'zi odamlar Iso oq eshakka minishga hakamlar uchun Isroilda aniq bir udumni tutyotgan edi (Hakamlar 5:10), va ularning o'g'illari xo'tiklarni minish uchun to'g'ri yo'l tutyotgandi deb o'ylashadi (Hakamlar 12:14). Masih G'olibdek emas, balki “bu dunyoga hukm qilish uchun kelgan” Isroil Hakamidek bo'lib kirdi. Eski Ahddagi xattotlar Masihning kelishining ikta suratini ifodalab berishgan; birinchisi eshakda; va ikkinchisi, osmon bulutida. Ular bu farqni agar Eski Ahd xalqi sodiqlik bilan barcha amrlarni (muqaddas Shanba Kunini tutishga o'xshab) bularni bajarmasalar U eshakda keladi, lekin agar odamlar loyiq bo'lsalar U osmon bulutlarida keladi deb tushuntirganlar. Bu o'qimishli xattotlar Masih eshakda kelib, osmon bulutida qayta kelishini tushunmaganlar. Masih xizmatiga eshakni va uning xo'tigini boshqarishida, U bizga odillik va sofdillik misolini beradi. U eshakning egasini hayvonlar faqat qarzga olinishiga ishontirdi. Iso shogirdlariga dedi, “Siz 'Rabbiy bularga muhtoj va U darhol ularni jo'natib yuboradi deb aytasiz”, ya'ni U bularni ishlatib bo'lishi bilan egasiga qaytarib beradi deb aytasiz. IBODAT: Muqaddas Ota, biz hayqiriq bilan quvonamiz, chunki Sening Zahariyo payg'ambarga bo'lgan va'dang Osmon Shohi ruhiy hokimining mulkini olish uchun kelganida va to'lovidan keyin haqiqat ustiga O'z shohligini o'rnatganida bizga quvonish uchun amr beradi. Ota biz Sendan minnatdormiz chunki Sening kamtar O'g'ling Muqaddas Ruhining inoyati bilan qiyinchilikda yashayotganlarni marhamatlash uchun ular bilan bu qiyinchilikni his qilish uchun kamtar va muhtoj Rabbiydek keldi. SAVOL:
|