Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 018 (Jesus' birth)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

2. Isoing tug'ilishi (Matto 1:18-25)


MATTO 1:24-25
24 Yusuf uyg'ongach, Xudovandning farishtasi unga buyurgandek qildi va Maryamni xotinlikka oldi. 25 Lekin u tug'maguncha unga yaqinlashmadi. Nihoyat Maryam o'zining to'ng'ich o'g'lini tug'di va Uning ismini Iso qo'ydi. (Qarang Luqo 2:1-20)

Yusuf farishtaning so'zlariga ishondi va kechiktirmasdan ilohiy ko'rinishga suyanib va fikridan shubhalarni olib tashlab, o'zining suyukli kelinini oldi. Imonning bu qadami bilan, u imon qaxramonlarining qatoriga kirishga loyiq bo'ldi.

Yusuf hatto bu sobiq hukmi va maqsadiga qarshi bo'lsa ham, farishtaning buyrug'iga bo'ysundi. U samoviy ko'rinishga itoatkor bo'lib, baxslashmasdan xotinini oldi. Bu shularga o'xshagan g'oyibona yo'nalishlarni olish uchun saviya emas, balki Xudo hanuz Muqaddas Ruh orqali O'zining yo'nalishini bildiradi. Isoning xudojo'y izdoshlarining maslahati orqali, ibodat va Uning Muqqaddas So'zi orqali va Xudo irodasining belgilari orqali vijdondan munozara bo'ladi. Bularning har birida, yozilgan so'zlarning umumiy qoidalarini har doim qo'llash kerak. Hayotimizning hamma qadamlarida asosan buyuk kesishgan yo'llar Yusufniki kabi, biz Xudodan yo'nalishni olishimiz kerak.

Maryam ilohiy e'lon haqida va o'zining g'alati holati haqida ga-pirmadi. Maryam u uchun javobgar bo'lgan Xudoga ishonib ibodat qildi. Xudo uning ishonchining nolasini tinglab, yuragining kurashiga ulug'vor javobni taqdim qildi. Yusuf Maryamni to'la hurmat bilan qabul qilib, oliy himmat bo'lgan Xudoning O'g'lini tug'maguncha uning bokiraligini saqladi.

Matto Iso qanday tug'ilgani haqida qisqacha yozgan. Odamlar muhim bo'lmagan insoniy tarixda eng buyuk hodisani o'ylamadilar, hatto bu shovqinsiz va da'vat qilinmasdan sodir bo'lgan bo'lsa ham. U otxonada tug'ilgan. Xudoning hamma kuchlari va sifatlari by buyuk hodisada yashiringan edi. Ko'plab farishtalar quvonishgan chunki Yaratguvchi bilan jonzodlar birlashishgan edi. Hamma iblislar Unga tishlarini g'ichirlatishdi chunki Zafar Qozongan barbod bo'lganlarni ularning changalidan olish uchun va ularni hukm qilish uchun kelgan.

Yusuf farishtalarning va'dalarini amalga oshgan birinchi tug'ilgan O'g'ilning tug'ilishini ko'rdi, va u yangi tug'ilgan chaqaloqni “Iso” deb atadi. U oilasi qilib kelgan urf-odatlarga qarshi bo'lib, Xudoning yo'liga bo'ysundi.

Isoning tug'ilishi bilan yangi asr boshlandi. Holbuki keyin bu dunyo Xudoning aniq g'azabi va hukmi bo'lgan qonunning qo'rquvi ostiga cho'kmadi. Inoyat asri boshlandi va Xudo insonlarni qutqarish uchun va qonunning ishlaridan ularni ajiratib ularni muqaddaslash uchun ularning oldiga tushdi. Biz Xudoning mo'l-ko'l inoyatini oldik. Siz hamma dunyo dinlarining holatlarini, udumlarini, sadaqalarini va qonunlarini o'z ichiga olgan nizomlari bekor ekanini chunki Xudo tekinga insonlarga O'zining yordamchisini jo'natgan Isoning kelishi haqida bilib oldingizmi?

IBODAT: Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, yagona Xudo, men Seni ulug'lab Senga hamdu-sano aytaman, chunki Sen buyuk qutqarishni yaratding. Men Sening sevging ruhida Senga va O'g'lingga sajda qilaman. Men quvonaman chunki Sen nopokligimda mening oldimga kelding. Iltimos atrofimdagi odamlarning ko'zlarini ochib yubor, ular Sening inoyatingni, mehringni, muruvvatingni va Iso Masihning shaxsi bo'lgan Rabbimizda huzuringni ko'rishsin. Omin.

SAVOL:

  1. Isoning otasi bo'lgan Yusuf qanday qilib, imon qahramonlaridan biri bo'ldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)