Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 012 (Genealogy of Jesus)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

1. Isoning nasl-nasabi (Matto 1:1-17)


MATTO 1:12-16
12 Bobildagi surgunlik davridan keyin Yako'nyodan Shaaltiel tug'ildi. Shaaltieldan Zarubobil tug'ildi. 13 Zarubobildan Abihud tug'ildi. Abihuddan Elyoqim tug'ildi. Alyoqimdan Azo'r tug'ildi. 14 Azo'rdan Sado'q tug'ldi. Sado'qdan Ahim tug'ildi. Ahimdan Elihud tug'ildi. 15 Elihuddan Il'azar tug'ildi. Il'azardan Mattan tug'ildi. Mattandan Yoqub tug'ildi. 16 Yoqubdan Maryamnning eri Yusuf tug'ildi. Maryamdan esa Masih deb atalgan Iso tug'ildi.

Qurshovga olinib, Bobilga surgun qilingan Yahudiylar juda qo'rqar edilar. Ular Xudo ular bilan ahd tuzgani uchun ularni hi-moya qildi va ma'baddagi Uning huzuri ularni aniq g'alabaga ishontirdi deb o'ylashgan. Lekin, bundan keyin, ular sevgida Xudoning qonunini bajarish va muqaddaslik uchun Uning talabini ko'rdilar. Xudo ularning takroriy, ma'nisiz marosimlaridan, urf-odatlaridan va ibodatlaridan qoniqmadi, chunki Uning maqsadi hukumat tuzimini o'rnatish emas edi. U yuraklarni o'zgartirishni va Uning oldida ularni kamtar va siniq qilishni qidirdi. U yana ularning onglarini yangilashni va ularni yangi ijodga qaytarishni ham qidirgan.

Xodo doim g'azablanmaydi. U xalqlarga va odamlarga tavba qilish uchun ikkinchi tanlovni taklif qiladi. Eramizdan oldin 538 da ikta kishi singan yurak bilan va buyuk umid bilan Quddusga qaytib bordi. Ularning ismlari Dovud avlodidan bo'lgan Zerubbabel va sobiq oliy ruhoniyning o'g'li Yoshua edilar. Ular xalqlari bilan birga uyga ketishlariga ruhsat etilganlar, chunki Persiyaliklar Bobil va Suriyani yengishgan va shoh ularga agar ular xohlasalar uylariga qaytib ketishlariga ruhsat bergan. Shunda ulardan ozchiligi quvonch bilan uylariga ketishdi, biroq ular Quddusni va uning mahallalarini voyron va bechora bo'lgan holda topdilar. Bu yo-mon holatdan tashqari, ular o'tgan tanazzullari imonlari kamligi va hatti-xarakatlari buzilganligini bilib, bu Ma'badni qayta tiklashga qadam tashladilar. Ular Xudoda siyosiy shohlik nazarida yo'qligini bilishdi. Xudo ruhiy xizmatlarni, sodiq sajdani va pok hayotni talab qilgan.

Biz Isoning nasl-nasabining oxirgi uchinchisida eslatib o'tilgan kishilar haqida ko'p bilmaymiz. Biroq, bu dalilning nazarida bu kuch Persiyaliklardan Yunonlarga ko'chgan, va keyin Makkabilarga ko'chgan va bundan keyin Rimliklarga, ular deyarli doim begonalarning hukmi ostida yashashgan. Shuning uchun Yahudiy tumani siyosiy tarixda muhim bo'lmagan chetlatilgan tumanligicha qolgan.

Biz Isoning nasl-nasabi tanaga ko'ra Isoga ota bo'lmagan Yusuf bilan tugashini topganimizda hayron bo'lamiz. Lekin o'sha vaqtda nasl-nasab haqidagi Yahudiy tushunchasi irqqa va qon-qarindoshga emas balki qonuniy huquqlarga va majburyatlarga bog'liq bo'lgan. Shunda Iso uni asrab olgan Yusuf orqali Dovudning o'g'illari bilan ulangan. Bundan tashqari, Rim ro'yhati tufayli, Rim qonuniga ko'ra Yusuf ajdodlarining uylariga borishiga majbur bo'lgandek, Iso Nasroniyda emas, Dovud shahrida tug'ildi.

Matto Maryam O'g'li Isoning nomining muhimligi haqida dalil keltirdi. U va'da qilingan Masihdir. Matto Isoning Masihiyligini guvohi bo'lgan yagona kishi bo'lmagan. Eski Ahdning ko'plab odamlar va shu kungacha millionlab xalqlar Xudoning shohligi Iso Masihning tug'ilishi bilan yaqin kelganini guvohi bo'lishgan. Uning sevgisi, ruhiy kuchi va kamtarligi Uning ilohiy shohligining belgilaridir. Bizning kichkina dunyomiz haqiqatdan ham yangi shohlardan va asoslardan emas, holbuki qurollar va to'ntarilishlar yuraklarni o'zgartirolmaydi; bu odamlarni va holatlarni yangilaydigan faqat Masih va Uning ilohiy tinchligi orqali Xudo bilan yarashuvdir. Shuning uchun biz oxirgi kunlarda “Sening shohliging kelsin” deganni butun yuragimiz bilan ibodat qilamiz.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, Sen mening shohimsan. Sen mendan soliq to'lashni yoki urf-odatlarni ijro ishni talab qilmading, balki men uchun hayotingni berib, meni siyosiy hurmat, iqtisodiy havsizlik uchun va qasos olish xohishi uchun o'tkinchi umidlardan ozod qilding. Men hayotdan ko'z yumganimda o'lmasdan (Yuhanno 11:25-26) balki abadiy hayotga ega bo'lishim uchun menga abadiy hayot berib, doimo meni sevgi insoniga aylantirgin.? Omin.

SAVOL:

  1. Isoning nasl-nasabi nima uchun tanaga ko'ra Uning otasi bo'lmagan Yusuf bilan tugaydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)