Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Romans - 066 (We must Learn Brotherly Love)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

3. Biz birodarlik sevgisini o'rganishimiz kerak va bunda o'zimizni o'rgatishimiz kerak (Rimliklarga 12:9-16)


RIMLIKLARGA 12:9-16
9 Sevgingiz riyosiz bo'lsin. Yomonlikdan nafrat qilib, yaxshilikka chirmashib olinglar. 10 Bir-biringizni birodarlarcha samimiy muhabbat bilan sevinglar. Bir-biringizni izzat hurmat qilishga o'zishganday harakat qilinglar. 11 G'ayratingizni susaytirmanglar. Otashin ruh bilan Rabbingizga xizmat qilinglar. 12 Umidvorlik ila hursand bo'lib yuringlar. Qayg'uda sabrli, toat-ibodatda sabotli bo'linglar. 13 Imonlilarning extiyojlarini ta'minlashda ishtirok etinglar. Mehmondo'st bo'lishga jon kuydiringlar. 14 Sizlarni quvg'in qilayotganlarni duo qilinglar, ha duo qilinglar, qarg'amanglar. 15 Sevinayotganlar bilan birga sevininglar, yig'layotganlar bilan birga yig'langlar. 16 O'zaro hamfikr bo'linglar. Takabburlik qilamay, muloyim odamlar bilan do'st bo'linglar. O'zbilarmonlik qilmanglar.

Yunon tilida sevgi uchun har hil terminlar bor. “Fileoo” so'zi kuchli tuyg'u yoki didi bilan tabiatan bo'lgan insoniy ta'sirni anglatadi. Va “eros” so'zi insonning jinsiy xohishini va qobilyatidan kelib chiqadigan jinsiy sevgini ifodalaydi; “agape” so'zi sevgining eng yuqori va komil turini anglatadi. Bechoralar uchun va hatto dushmanlari uchun qurbon bo'lishga tayyorlangan ilohiy sevgi asosan Ilohiy vahiyning doirasiga tegishli bo'lib, xohish va hukmning aniq bir irodasi bilan birgadir.

Masih bu ilohiy sevgida gunohkorlar uchun qutqarishdek hayotini bergan. Biroq, Pavlus shunday deb yozganidek, Masihning izdoshlarining amaliy hayotlaridagi bu sevgi haqida gapiradi: “bizga berilgan Muqaddas ruh orqali yuraklarimiz Xudo sevgisiga to'lib-toshadi” (Rimliklarga 5:5).

Ilohiy sevgi yolg'on gapirmaydi, chunki u to'g'ridir. U donolik va rahimdillik yo'lida haqiqatni gapiradi. Muqaddas Kitob bizga aytganidek, ikkiyuzlamachilik yaxshi emas. Bizda hech qanday mag'rurlik va manmanlik qolmasligini odamlar oldida aniq holatda gunohlarimizni tan olishga to'g'ri keladi. Biz Isoga bo'lgan sevgimizni tan olishimiz kerak, chunki faqat U buyuk to'lovi bilan bizni oqladi.

Ilohiy sevgi vijdonimiz bizga tanbeh beradigan va Xudoning so'zi nopok, yolg'onchi, egri va nohaq deb hisoblaydigan yovuzlikdan nafratlanadi. Sevgi shunday hatti-harakat bilan kelishmaydi, balki u barcha poklikni, haqiqatgo'ylikni, to'g'rilikni va solihlikni tutadi.

Bu ilohiy sevgi bizga birodarlarimizning sevgisida va Xudodagi opa-singillarimizning sevgisida, ular bilan shikoyatsiz tarzda va ularga g'amho'rlik qilishda bizga ta'lim beradi. Bizning barcha xizmatlarimiz va gaplarimiz boshqalar biz ularni haqiqatdan sevishimizni his qilishlari uchun samimiy va iliq bo'lishi kerak. Er-hotin o'rtasidagi o'zaro hurmat bu ro'yhatda o'z ichiga oladi.

Agar kimdir so'z yoki yozish orqali bu xushxabarga xizmat qilsa, uning xizmati ruhiy olovda ijro etiladi, hatto qarama-qarshilikning o'rtasida, va bu kishi Xudoning boshqaruvida mustahkam o'rnashi kerak.

Omadi chopmaydigan kishi Masih G'olib degan umidni yo'qot-masligi kerak; va azoblar va qiyinchiliklarga duch keladigan kishi shubhalanmasdan, imon bilan ibodatda turib, sabir va ishonchda davom etishi kerak. Xudo boshqalar va o'zimiz uchun bo'lgan nolamizga javob beradi.

Agar siz birodarlaringizni imon azobida ko'rsangiz, siz ularga dalda berib, muammolariga qo'shilishingiz kerak. Shuningdek, ular Otangizni ulug'lash uchun siznikiga kelganlarida, quvonch bilan ularga eshikni oching va shunda Xudo Uning nomi uchun ochlarni to'ydirsangiz noningizni barakali qiladi. U Uni sevganlar bilan birgadir.

Agar kimdir sizni zo'ravonlik bilan quvg'in qilsa, duo qilish kuchida uni duo qiling. Sizni la'natlaganlarni la'natlamang, balki Qutqaruvchidan ularni qutqarishni so'rang, xuddi Damashqdagi imonlilar Shoul ularni azoblash uchun ularga yaqin kelib, ularni Quddusga quldek boshlaganida so'rashgani kabi. Keyin Rabbiy Shoulning yo'lida turib, uning mag'rurligini butunlay buzib yuborgan.

O'limdan tirilgan, xochga Mixlanganning duosini tushunishganda, boshqa imonlilar quvonib, imonda ruhlanadilar, chunki ular Masihning g'alabasini va buning natijalarini ko'radilar. Lekin kimdir adashyotgan yaqinlari uchun yig'lasa, biz uning azoblarida qatnashishimiz kerak. Ko'z yoshi to'kishdan uyalmang.

Xudoning oilasidek jamoatda bir guruh bo'lish uchun qattiq harakat qiling. Birinchi dunyoning foydalari haqida, pul, hurmat-e'tibor haqida o'ylamang, balki Iso ko'plab kasallar bilan, yovuz ruhga chalinganlar bilan va hatto o'liklar bilan yashaganidek, bechoralar va umidsizlar bilan yashanglar.

Boshqalarga qaraganda ta'limotli va yuqoriroqman deb o'zingiz haqingizda o'ylamang, balki shifolab, dalda berib, qutqarib, va to'liq natijalar olib kelib, jamoatda sizning orangizda ishlash uchun hosil haqida Xudodan so'rang.

Janjal qilmaslik uchun extiyot bo'ling. Bir-biringizga sabrli bo'ling, chunki Xudo bittadir, Uning to'lovi bitta, va Uning Ruhi uchun boshqa o'rin bosar yo'q. Siz yaxshiroq najod yaratadigandek harakat qilmang. Biz hammamiz sevgisidan Otaning, O'g'ilning va Ruhning inoyatidan yashayapmiz.

IBODAT: Ey osmondagi Otamiz, jamoatimizdagi do'stlik mo'jizasi uchun Senga rahmat aytamiz. Biz tavba qilib, tirik Masihdagi imonimizda davom etganimizda, bizda Muqaddas Ruhing yashashi orqali bizga sevgingni, sabr-toqatingni va hursandchiligingni berasan. Biz faqat so'zda emas, balki amalda ham sevgi burchlarini bajarishimiz uchun bizlarga yordam ber. Ey Xudo biz bilan birga bo'l va bizni ulug' umidingda saqlagin. Omin.

SAVOL 84: Birligingizdagi eng muhim va kerakli bo'lgan Xudoning sevgisining qaysi turini siz ep ko'rasiz?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 09:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)