Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
F - KESARIYADAN RIMGA SUZISH (Havoriylar 27:1 - 28:31)
3. Malta orolida qishlash (Havoriylar 28:1-10)HAVORIYLAR 28:1-6 Iblis hech qachon Xudoni va Uning bolalarini sevmagan. U ularni barbod qilib imonlarini to'xtatishni xohlaydi. Lekin Masihning g'amho'rligi kunu tun bizlarni asraydi, Pavlus yozgandek: “Masihning sevgisi bizni turtadi”. Bechora va g'amgin safarchilar qirg'oqqa kelganlarida Xudoning mehribonchiligiga ega bo'lishga shoshildilar. Karsajinanlarning hokimligi ostidagi orol xalqi ularni talamadi yoki o'ldirmasdan ularni mehribonchilik bilan kutib olishdi. Ular o'zlarini isitish uchun bo'ronli yomg'irda va zo'ravon shamolda katta taxta uyumini yig'ib, uni olovga qo'ydilar. Pavlusning o'zi olov uchun ba'zi kaltakchalarni yig'ish uchun egildi. Lekin havoriyning najodi va yuqori dengizdan qochishi ustidan g'azablangan iblis olovdan sudralib chiqqan zaharli ilonni jo'natdi va Pavlusning qo'liga o'tkir tishlarini botirib o'ralashdi. Pavlus ilonni iblislarning aslining belgisidek yondirish uchun olovga siltadi. Orol xalqi Pavlusning qo'lidan ilon osilib turganini ko'rib, bir-birlariga gapirishdi: “Bu odam qotil bo'lsa kerak. Dengizdan halos bo'lgan bo'lsa ham, Haq uni tirik qoldirmayapti-da.” Ular Pavlusning badaniga zahar kirgani tufayli o'rashni boshlashini kutishdi va ular bu u shishib ketishini yoki to'satdan yiqilib o'lishini kutgan edilar. Lekin G'ayriyahudiylarning havoriysi qaytmas bo'lib qoldi. U Masih xabarchilar ilonlar va chayonlarning boshini majaqlab tashlashadi va hech narsa ularga zarar yetkazmaydi, chunki Masihning kuchi ularda ishlaydi deb aytgan va'dasiga ishondi. Pavlusga hech narsa bo'lmayotgani ko'ringanda xalq qo'rqib ketdi va ular Pavlusni u xudo ekan deb bir-birlariga shivirlashni boshlashdi. “Xudolar insonlarga o'xshab bizga kelishdi!” Rostan ham har bir Masihiy imonli Xudoning bolasidir. Masihiy Yunonlar va Rimliklarning hayolidek ahmoq va mustaqil xudolarning barcha xudolarining orasidagi biri emas, balki Muqaddas Ruhga to'lgan va Masihga qo'shilgan Masihiydir. Ota Xudo u orqali gapiradi va unga abadiy hayotni taqdim etadi. Iblis aniq nimaga Pavlusni yo'q qilishni xohlaganini bilar edi. Pavlus butun dunyoning xushxabarlashda boshqaruvchi edi. U Masihga dunyoning markazini yengishni istadi, va dunyoning qolganiga xushxabarlashga boshlash nuqtasi qilishni xohladi. Do'zahning barcha ruhlari Rimga bu o'sish topshiriqlariga qarshi kurash uchun qo'shildi: Yahudiylarning Oliy Kengashi, mag'rur hokimlar, yovuz ruhlar, buyuk bo'ron, toshli dengiz va zaharli ilon. Biroq Masih G'olib bo'lib qoladi. Hech kim Uning zafarli yurish yo'lida turolmaydi. HAVORIYLAR 28:7-10 Orolning boshi bo'lgan Publiy hukumat xizmatchisi va uning askarlari va mahbuslarni uyida qolish uchun taklif qildi. U kishi ularga ulug' mehmondorchilikni ko'rsatdi. Keyin Publiyning otasi yuqimli kasal bilan kasallangan edi va u o'lish arafasida edi. Lekin Pavlus, minnatdorchilik ko'rsatish uchun va Publikka mehribonchilikni qaytarishga tayyor edi, va Pavlus uning otasining uyiga borib, Iso Masihning nomi bilan shifoladi. Solih kishining ta'sirli, samimiy obodati kuchli ta'sirga ega. Bu Masihning irodasi bo'lsa, imonlilar kasalga ibodat qilib, qo'llarini qo'yish orqali kasallarni tuzatadilar. Xudoning kuchi bu bemor kishiga havoriydan oqib chiqdi va u o'sha zahotiyoq shifo topdi. Bu mo'jiza orol xalqiga ajoyib edi. Bu yangilik tezda uydan uyga tarqaldi va odamlar yaxshi xudolar ulaga kelgan deb taxmin qilib quvonishdi. Ular Masihning nomi bilan ularning hammasiga shifo bergan, va birga ibodat qilgan Pavlusga, Luqo va Aristaxrga barcha kasallarni olib kelishdi. Bu xizmatlar uchun uch kishi ko'p hurmat topdilar. Ular qolish safari uchun har bir muhtojliklari bilan taminlangan orolni tark etdilar. Shubhasiz Pavlus ham qancha ko'p ruhsat berilgan bo'lsa va qancha ko'p qila olguncha orolda voizlik qildi. Masihiy shifolar sehirgar yoki yovuz ruhlar bilan aloqa tufayli kelmagan. Ular Iso Masihga va Uning haqqoniy kuchiga guvoh bo'ladigan aniq belgilardir. SAVOL 122: Pavlusni chaqqan ilon nimani anglatadi? Siz Malta orolidagi shifolashlardan nimani tushunasiz? |