Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Acts - 027 (The Death of Ananias and Sapphira)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

14. Hananiya bilan Saffiraning o'limi (Havoriylar 5:1-11)


HAVORIYLAR 5:7-11
7 Bundan qariyb uch soat keyin, bo'lib o'tgan voqeadan xabarsiz Hananiyaning xotini ham kirib keldi. 8 Butrus burilib, undan so'radi: - Menga aytgin, yerni shunchaga sotdingizlarmi? - Ha, shunchaga, - dedi ayol. 9 Butrus: - Nega sizlar Tangri Ruhini sinab ko'rishga kelishdingizlar? Mana, eringni ko'mganlar eshikdan kirishyapdi. Endi seni ham tashqariga olib chiqishadi, - dedi. 10 Shu ondayoq ayol Butrusning oyoqlariga yiqilib, jon berdi. Yigitlar ichkariga kirib, uni o'lib yotgan holda ko'rdilar. O'ligini tashqariga olib chiqib, erining yoniga ko'mdilar. 11 Bu voqealarni eshitgan butun imonlilar jamoati va boshqa hammani qattiq dahshat qopladi.

Jamoat Xudoning bu hukmi orqali tebranib ketdi. Har bir kishi Xudoning nurida o'zining gunohkor hayotining qolgan qismlarini ko'rdi, va Xudoning qaxrining davomi orqali urilishlaridan cho'chidilar. Ko'plar Xudoning oldida ko'z-yosh to'kib tavba qildilar, va ular qo'rquv va qaltirashda poklandilar.

Yosh kishilar turib o'lgan odamning tanasini o'radilar. Ular qaltiroq bilan momaqaldiroqda yiqilgan odamga o'xshab, faqat Muqaddas Ruhning so'zi orqali yiqilgan bu o'lik tanani olib chiqdilar. Bu o'lik tanani olib chiqqanlar ibodat qilib Xudoga o'zlarini to'la bag'ishlashlari kerak edi. Ular pulga bo'lgan muhabbatdan umuman to'xtadilar.

Jamoatning hech qaysi a'zolarida bu o'lgan kishining xotiniga Xudo shu zahoti erining yolg'oni uchun jazolaganini aytish uchun dovyuraklik yo'q edi. Muqaddas Ruh buni aytishdan ularga halal berdi, chunki hammalari Xudoning Ruhi faqat insoniy hukmni berganini his qilishdi. Saffira katta hissani qo'shgani uchun jamoatning minnatdorchiligida mag'rurlik bilan isinishni umid qilib uch soat keyin uchrashuvga keldi, Butrus shunda unga yaqinlashib so'radi: Menga aytgin yerni shunchaga sotdinglarmi? Havoriylar bu ayol tavba qilishi uchun unga imkoniyat berishni va Xudoning haqiqatini chuqur o'ylashligiga imkoniyat berishni xohlashgan edi. U eriga maslahat berish uchun uni mensimagan deb hisoblab, uning tabiy moyilligiga qarshi borib nato'g'ri qildi. Ayol erini haqiqatga va andishaga boshqarmasdan erining yolg'oniga qo'shildi. Balki ayol oilasini ham o'ylab hamma pulni bermaslik uchun erini rag'batlantirgandir. Ayol o'zining yolg'onchiligi, mag'rurligi va ikkiyuzlamachiligi bilan, eri bilan bitim tuzgan.

Butrus ayolning eriga qilgandek, bu ikkiyuzlamachilikning yuzidan niqobni olib tashladi. Butrus jamoatning o'rtasida uning yolg'onchiligi orqali yuzaga chiqqan yovuzlik haqida taajublanib so'radi: Qanday qilib sizlar Tangri Ruhini sinab ko'rishga kelishdingizlar? Turmushda, erga bo'ysunishdan oldin Xudoga bo'ysunish kerak. Biz hatto oilamizda ham erkakka qaraganda Xudoga bo'ysunishimiz kerak. Er kishi gunoh qilishni boshlaganida, u ayibdorlikdan, yovuzlikdan va o'zini o'ylashlikdan qutqarilishi uchun xotini u uchun ibodat qilib, uning nato'g'ri so'zini rad etib, uni ogohlantirishi kerak.

Saffira bilan uning eri shaytonning ruhiga ochiq bo'ldilar. Ular Muqaddas Ruhning ishiga qarshi turib, mag'rurlik, yolg'onchilik va ikkiyuzlamachilik ruhiga kirishni boshladilar. Bu yovuz ruh solih va xudojo'ylik doirasiga olib kelishni ko'zda tutdilar. Agar buni tekshirilmaganda, bu jamoatda o'zaro kelishuvni o'ldirib, bu haqiqat oyoq osti bo'lar edi. Havoriylar bu yerni sotilgan pulining hammasini olib kelishlarini ulardan so'rashmagan. Bu ularning ikkovi ham bu yolg'onni aytishgani jamoat oldidagi maqtanish uchun edi.

Xudoning la'nati bu yolg'onchi ayolning ham ustiga keldi. Bu ayolni barhayot Xudo butun qurbondek hayotini qo'yishni xohlamagan joyda havoriylarning oyoqlari ostiga yiqitdi. Buyuk narsa uning qulashi edi. Jamoatdagi har bir ayol uyida o'zining eriga bo'lgan ruhiy javobgarligi to'g'risida yana o'ylashni boshladi. Ayol erini jannatga torta oladi yoki do'zaxga ham tashlayoladi. Xudoga ishongan kamtar va tirishqoq ayollar ibodatlari orqali erlarining vasvasalari ustidan g'olib keladilar. Erini yuksaklikka, kattakonlikka va boshlikka ko'tarishni xohlagan ayol bolalari va eri bilan birga iblisning changaliga yiqiladi.

Kidron vodiysida bu ayolni erining oldiga ko'mgani olib chiqishyotganda bu yosh kishilarning yuraklari tez-tez urdi. Bu jamoatga dars bo'ldi. Bir oiladagi eri-xotinlar bir kunda bitta jamoatda jon berdilar. Muqaddas Ruhda bir birlariga sabr-toqat qilishni organgan imonlilar uchun bu daxshat edi. Biz bu er-xotinga e'tibor bermadikmi va qulamasliklari uchun ularni ogohlantirmadikmi? - deb o'zaro hayron qoldilar.

Biz ulardan ko'ra yuraklarimizning niyyatida yaxshirog'mizmi? Hananiya bilan Saffira bizning Xudoyimiz rashkchi Xudo va yeb bitiradigan otash ekanligini bizga eslatib, har doim Masihiylarga ogohlantirish bo'ldi.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, Sen Jabborsan. Sen bizlarni o'tmishimizni va hozirimizni bilasan. Bizni o'zligimizdan qutqar va bizni vasvasaga yo'liqtirma. Meni puldan,manmanlikdan va yolg'onchilikdan qutqar; O'g'lingni qoni orqali meni to'la muqaddasla. Er-hotinlar bir-birlariga haqiqatni so'zlaydigan jamoatlarda to'g'ri oilalar yaratgin. Omin.

SAVOL 27: Er-xotinlar bir-birining oldidagi ruhiy burch nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)