Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- John - 105 (Jesus intercedes for the church's unity)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
E - Isoning o'z ummati uchun ibodati (Yuhanno 17:1-26)

4. Iso jamoatning birligi uchun shafoat qiladi (Yuhanno 17:20-26)


YUHANNO 17:24
24 Ey Ota! Sen Menga bergan odamlar Men bilan bir joyda bo'lishni xohlayman. Sen Menga ato qilgan ulug'vorlikni ular ham ko'rib tursin, dunyoni yaratmasdan avvaloq Sen Meni qanday sevganingni ular bilsin.

Iso Oliy Ruhonilik ibodatida Xudoni olti marta "Ota" deb nomladi, va bir marta "Haq Xudo" deb nomladi. Bu yagona ism bilan U O'zining ishonchini va Xudo uchun xohishini ifodaladi. Chunki U mohiyatda Otasi bilan bir edi, lekin U O'zidan kechib, bizning qutilishimiz uchun kamtar bo'ldi. Unda mashhur bolish uchun va narsalarni egallash uchun xohish yo'q edi. U o'n uch marotaba "Sen Menga bergan" degan iborani qo'lladi. O'gli insoniyatni, izdoshlarini, ishlarini va hokimlikni O'ziniki deb hisoblamasdan Xudodan sovg'a deb hisobladi. U hanuz Otasining ulug'vorligiga va shavkatiga itoat qilib bulardan mahrum bo'lgan edi. Bu kamtarlik O'g'il Otasining fikrlarini va maqsadlarini butunlay bajargan doimiy ahillikga ishontirdi.

Iso bu mutloq itoatkorlik tufayli O'z ibodatida o'zboshimchalik qilmasdan "Men xohlayman" deb aytadi. Xudoning O'g'li orqali ifodalangan xohish nima? Bu hamma Uning izdoshlari vaqtida va joyda U qayerda bo'lsa o'sha joyda U bilan bo'lishlaridir. Shunda, Pavius Masih bilan xochga mixlanganligiga, Uning tirilganligini bo'lishish uchun U bilan birga ko'milganligiga va Iso Masihning muloyimligi orqali Xudoning mo'l-ko'l inoyatining boyliklarini ochib berib, jannatda U orqali joylashishiga dalolat beradi (Rimliklar 6:1-11; Efesliklar 2:4-7).

Masih bilan bizning birligimiz Uning azoblanishlarida va sevgisida bo'lishish orqasidan boradi va Uning ulug'vorligini kiritadi. U bizni O'zining ulug'vorligini ko'rishimizni va abadiy Uning hamrohligida yashashimizni xohlaydi. Havoriylar bizning umidimizning bu maqsadini bilishgan edilar. Biz Uni ko'rganimizda aytib berolmaydigan abadiy hursandchilik bilan quvonamiz. Biz Uning o'xshashligiga o'zgartirilib, Uning ulug'vorligini aks ettiramiz, chunki bu nurning holati yuraklarimizga Xudoning sevgisining quyilishi bizga berilgandir ( Rimliklar 5:5 va 8:29). U O'zining ulug'vorligini berdi, holbuki U hatto O'zining past insoniyligida ulug'vor edi. Havoriylar yerning poydevoridan oldin Otasi va Uning o'rtasidagi sevgi tebrana olmasligidan Uning ulug'vorligi kelib chiqqan huzurini tushunishdi.

YUHANNO 17:25
25 Ey odil Ota! Dunyo Seni bilmasa ham, Men Seni bilaman. Bular ham Meni Sen yuborganligingni bilib oladilar.

Hatto, bu dunyo habardor bo'lmasa ham, Xudo solih va adolatli bo'lib qoladi. Hulosa qilib aytganda U muqaddasdir va Unda hech qanday qorong'ulik yo'qdir. Masihda Uning sevgisini tatib ko'radiganlar bu insonlar O'g'liga ishonmasliklari yoki najot topmasliklari Uning aybi emasligini tushunadilar.

Lekin Masih Otasini abadiylikdan ekanligini bilardi, chunki O'g'li Otasini yuzma yuz ko'rdi. Uning hislatlari va nomlari O'g'liga ayondir. Xudojoylikning chuqurroq hislatlari Undan yashirilmagan.

O'gilini qabul qilganlarga Xudo Uning bolalari bo'lish uchun haqiqatni beradi. Iso ularga Xudoning otalik sirlarini ochib berdi. Masih Xudodan kelgan; U faqat pqyg'ambar yoki havoriy emasligini, balki U ilohiy va Xudodan haqiqattan ham bo'lganligidan jonlanadiganlar buni tushinadilar. Bu Ruh bizni Iso va Uni jo'natgan Otasi bilan bir bo'lish uchun Isoni insoniylikdagi Xudoligini sezish uchun bizlarni yoritadi. Mana U Xudo va Inson o'rtasidagi halqadir.

YUHANNO 17:26
26 Sening nomingni ularga bildirganman va yanada bildiraman. Menga bog'lagan muhabbating ulardan o'rin olsin, Men ham ulardan o'rin olayin.

Oxirida, Masih Otasining ismining vahiysini bizga o'rgatdi. Bu biz uchun O'g'illikning haqiqatlarida bo'lishish uchun, Otasi muqaddas qurbon bo'lgan O'zining O'g'lini qurbon qilgan xochdagi eng aniq ko'rsatgichdir. Biz Muqaddas Ruh kelganda, biz "Ota" deb yuragimizning tubidan yig'ladik. Rabbiyning Ibodati Otasini, Uning Shohligini va irodasini ulug'laganiga o'xshagan hamma ibodatlarning tojidir.

Biz Ota va O'g'ilning o'rtasida davom etib turadigan sevgini darajasiga Rabbimiz Iso Masihning Otasini sezishimiz bizning ustimizga quyilganidir. U Otasidan bizda sevgining takomilligini yaratishni so'radi. Bu faqat bizga keladigan Ota emas, balki shaxsan u bizda yashashni xohlaydigan Isodir. Yuhanno o'zining maktubida: Xudo sevgidir, va kimki sevgida yashasa Xudoda yashaydi va Xudo unda yashaydi, deb tan olganidek, U Xudoligining barkamolligi bizga kelishini shafoatda ibodat qildi.

SAVOL:

  1. Iso aytgan Oliy Ruhoniylik ibodatining hulosasi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 12:09 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)