Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 212 (Take Heed that no One Deceives You)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

3. Hech kim Sizni yo'ldan ozdirmasligi uchun ehtiyot bo'ling (Matto 24:4-5)


MATTO 24:4-5
4 Iso javob berib ularga dedi: “Hech kim sizlarni yo'ldan ozdirmasligi uchun ehtiyot bo'linglar. 5 Chunki talay kishilar Mening nomim bilan kelib: “Men Masih bo'laman”, - deb ko'plarni yo'ldan ozdiradi.
(Yuhanno 5:43, 8:44, 1 Yuhanno 2:18-25)

Shogirdlar “Bu qachon sodir bo'ladi?” deb Isoning payg'omi haqida so'radilar (3 oyat). Masih bu vaqtni bilish ular uchun emasligini aytib, bu sodir bo'lmaguncha ularga kun va yillarning soni haqida javob bermadi. Lekin ular “Buni ko'rsatadigan belgi qanday bo'ladi?” deb ham so'radilar. Bu savolga Iso to'liq javob berdi, chunki biz bu vaqtlarning belgilarini tushunishimiz uchun ruhsatimiz bor. Masih shogirdlarini keladigan vasvasa va yomonliklar haqida ogohlantirdi. Shayton barcha insonlarni Yaratguvchilaridan ayirishni izlaydigan yolg'on payg'ambar va yolg'on masihlari bilan bo'lgan Xudoning dushmanidir.

Shayton Xudoni va Uning Masihidan nafratlanadi. U Isoga ergashmaydigan har bir kishini itoatsizligi va ruhga qarama-qarshiligi bilan to'ldiradi. Yovuz Shayton ularni Xudo shohligiga kirishga halal berishni istaydi, shunda u ularni ajoyib fikrlar bilan ruhlantiradi, va Shayton ularni o'zlarining kuchlari bilan bu dunyoni qutqarishga qodirsizlar deb ishontirib, gunohkor harakatlarga boshlaydi. Shuning uchun, ular tavbaga va yangilanishga muhtoj emasmiz deb o'ylab tavba qilishdan bosh tortishadi. Shaytonning yo'lg'oni ularni olim va texnikadek, o'zlarining savob ishlariga yoki ba'zi tashqi narsalarga ishontiradi.

Imonlilarning eng muhim istagi kelajakni bilish bo'lmasligi balki Xudoning Ruhiga to'lish va xudosiz fikrlardan uzoqda bo'lishi kerakdir. Xudoning Ruhi sizda tavbani, imonni, kamtarlikni va tinchlikni yaratadi. Biroq Shaytonning ruhi esa ko'p hollarda namoyon bo'ladi; mag'rurlikda, Xudodan uzoqlashishni rejalashtirib, Xudodan ko'ra o'ziga ishonishda, boshqalardan nafratlanishda, yolg'on gapirishda, nopoklikda, hasad qilishda, achchiqlanishda va o'ch olishda. Shayton ruhining eng vayrongarchiligining ba'zilari hatto yuragi yovuzlikka to'lgan bo'lsa ham o'zini solihdek tutadigan ikkiyuzlamachilikda topiladi.

Turli hil falsafalarni, dinlarni va oqimlarni tekshirganingizda Shaytonning asoratini izlang. Agar ular odamlar insoniy jannatlarini o'z solihliklari va savob ishlari orqali o'rnatishini faraz qilishsa, shunda ular yolg'on masihiylar ekanini bilib oling. Ularga ergashmang, balki siz har bir kishi buzuq va Najodkorga muhtoj bo'lgan isbotni ko'radigan xochga qarang. Biz o'zimizning kuchimiz bilan insoniy tabiatimizdan o'zimizni qutqara olmaymiz. Birorta dunyoviy boshqaruvchiga suyanmang, chunki Iso sizni allaqachon qutqargan. U buyuk ulug'vorlik bilan porlayotgan bulutda keladi, va siz Uning qo'llaridagi qoqilgan izlarni ko'rasiz. Xudoning xochga mixlangan O'g'liga sizni boshlamaydigan birorta ham dindor ustozga quloq solmang; chunki bizning umidimiz faqat Undadir.

IBODAT: Bir va yakka Xudo bo'lgan Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, biz Seni ulug'laymiz va Masih bizni qutqargani uchun va haqiqat Ruhi bizni yupatgani uchun quvonamiz. Sen bizlarni vasvasa va aqidalar bilan aldaydigan yolg'onchilik haqida ogohlantirasan, va faqat Najodkorimiz bo'lgan Isoda bizlarni mustaxkam turish uchun kuchlantirasan. Biz yolg'on payg'ambarlarga yopishib olmasligimiz va Masihni qoldirmasligimiz uchun bizga sezish in'omini bergin. Biroq, Sen Muqaddas va poksan. Sen inoyat orqali bizga berilgan solih harakatlarimiz orqali Ota va O'g'il ulug'lanishi uchun bizning fikrlarimizni, onglarimizni, so'zlarimizni va ishlarimizni poklashni xohlaysan.

SAVOL:

  1. Masih nima uchun Ikkinchi Kelish vaqti haqida izdoshlarining savollariga javob bermadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 04, 2023, at 03:59 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)