Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)
h) To'rt Ming Kishining To'yishi (Matto 15:29-39)MATTO 15:29-31 Iso Jalila yurtidagi tog'da o'tirdi. U odatdagidek O'z shahriga kirolmagan, chunki Farziylar Uni quvg'in etib, xalqi Unga qarshi gijgijlagan edilar. Bechoralar Uning oldiga shifo topish uchun kelardilar. Cho'loqlar Isoning oldiga ularni olib borishlarini ba'zilardan so'rashar edi va Uso ularni shofolar edi. Iso soqovlarning tilini yechib yuborgan. Xudoning sevgisi orqali Uning xushxabari ko'plarni Uning oldiga qaytishiga va Unda qolishiga sabab bo'lgan. Masih bizning kasal dunyomiz uchun yagona umiddir. Shuning uchun muhtojlar va noumid bo'lgan olomon kunu-tun Isoni tark etishmadi. Ular oxirida Isoni Jaliladan ketayotganini payqab qolishdi. Olomon hatto och qilsalar ham va cho'lda qiyinchilikka duchor bo'lsalar ham Isodan foydalanishni istadilar. Ular Masihdan kuch olish uchun Unga yaqin qoldilar. Siz qanchalik Masih bilan qolasiz, bir necha minutdami, soatdami, kundami, yoki butun hayotingiz mobaynidami? Qayerda Masih bo'lsa, Xudoning najod kuchi ishdadir. Shular Masih kasalliklarning barcha turlarini shifolagan Uning kuchi edi. Isoning oldiga kelganlar o'zlarining kasal qarindosh-urug'larini va do'stlarini olib kelishgan va ularni Isoning oyog'i ostiga qo'yishgan. Biz ular Isoga aytgan gaplarini o'qimaymiz, balki Iso qarashi uchun afsuslangandek Uning oldiga qo'yishdi. Ularning falokatlari ular uchun eng gapdon so'zlovchidan ko'ra ko'proq gapirgan. Bizning har qanday kasalliklarimiz, tinchligimiz va erkinligimizni topish uchun yagona yo'l bu Masihni oyog'i ostiga qo'yish va Uning oldiga buni yoyishdir. Iso bundan tushunchani oladi; biz buni Isoga topshirib, U biz bilan muloqot qilishiga ruhsat berishimiz kerak. Masihdan ruhiy shifoni oladiganlar Iso loyiq ko'rgandek muloqot qilishlari uchun Uning oyoqlari ostiga o'zlarini qo'yishlari kerak. Cho'loq, ko'r, soqov va mayib va boshqalar Masihning oldiga keltirildi. Gunoh qanday ish qilganiga qarang! Bu dunyoni shifoxonaga aylantirdi. Qanday turli hil kasalliklar inson tanasini bo'ysundiradi! Najodkor qanday ish qilishiga qarang! Iso insonzodning dushmanlari ustidan g'alaba qozonadi. Shu yerda tasavvur na sabablarni va na ularning shifosini tutolgani kabi shunday kasalliklar bo'lgan. Kasalliklar tana a'zolariga tasir qiladi, va bular Masihning amrlariga bog'liq edi. “Kalomini yuborib, ularga shifo berdi” (Zabur 106:20). SAVOL:
|