Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 049 (The Beatitudes)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

a) Bahtiyorliklar (Matto 5:1-12)


MATTO 5:11-12
11 Men tufayli odamlar sizni haqoratlab quvg'in etsa, siz haqda yolg'on gapirib fisqu g'iybat qilsa, bahtlisiz! 12 Sevininglar va hursand bo'linglar chunki sizga osmon mukofoti buyuk. Sizdan avval o'tgan payg'ambarlar ham shunday quvg'in bo'lgan”. (Matto 10:22; Havoriylar 5:41; 1 Butrus 4:14; Ibroniylarga 11:33-38; Yoqub 5:10)

Xudo rad etilgan xabarchilarining qut-barakalarini takrorlaydi. Chunki bu dunyoning ruhi Xudodan va Uning Ruhidan tug'ilganlardan nafratlanadi. Bu dunyoning o'g'illari Shayton Masihni va Uning havoriylarini sinagani kabi Qudratlining o'g'illarini sinaydi. Rabbiy ularga aniq nima bo'lishi haqida aytadi. Ular “quvg'in bo'lishlari”, quvilishlari, qochishlari va “hamma narsaning ahlati” dek bo'lishlari mumkin (1 Korinfliklarga 4:13), ular jazolanishlari, zindonband etilishlari, quvg'in etilishlari, o'rinlaridan olib tashlanishlari, ishonchli va hosilli joylardan benasib bo'lishlari, qamchilanib, ba'zan o'limga topshirilib, bo'g'izlovchi uchun qo'ydek sanalishlari mumkin. Bu hatto solih Qobil vaqtida ham muqaddas urug'ga qarshi ilon urug'ining hasadining ta'siri bo'lgan. Bu Eski Ahd davrida ham shunday edi. Masih jamoatida faol imonlilar bilan bundan kuchlirog'i ham bo'lishligini bizga aytgan va biz bu haqida boshqacha o'ylshimiz kerak emas (1Yuhanno 3:13).

Siz quvg'in uchun uy-joyingizni yoki ishingizni yo'qotganingizda, azoblanishning achchiq soatlarida, Xudoning O'g'li hursand bo'lib quvonish uchun sizga dalda beradi. Hozirgi asrning azoblari sizda va sodiq imonlilarda ochiladigan ulug'vorlik bilan solishtirilishga loyiq emas. Shunday qilib nima uchun siz yig'lashingiz kerak? Quvoning va minnatdorchilik bildiring, chunki osmon shohligi yaqindir.

Xudo U uchun azoblanadiganlarga yordam beradi. Hatto hayotlari oxirida Uni yo'qotmaydi. Oxiri, jannatda Iso bilan hayot kunlarimizda duch kelayotgan barcha qiyinchiliklar uchun mo'l-ko'l mukofot bo'ladi.

Payg'ambarlar sizga o'xshab quvg'in bo'lib xo'rlanganlar. Siz jannatga o'zgacha bo'lib borishni kutasizmi? Ishayo ta'limlari uchun va Elisha boshi kal bo'lgani uchun ustidan mazax qilishmaganmi? Shuning uchun agar bu g'alati hodisa bo'lsa taajjublanmang va bu qiyin narsa bo'lsa ho'rsinmang. Bu ko'plar orqali safar qilingan yo'ldek va imonda shunday yo'l boshlovchilarga ergashish uchun hurmat qilishdek azob yo'lini ko'rish uchun daldadir. Azoblari orqali ularni olib borish uchun ularga yetarli bo'lgan inoyat sizga kam sovg'a bo'lmaydi. Sizning dushmanlaringiz Rabbiyning xabarchilarini mazxara qilganlarning vorislari va urug'laridir.

Shuning uchun, “quvoning va hursand bo'ling.” Bu oddiy azoblar ostidagiga o'xshab quvg'inlar ostida qanoat qilib va sabrli bo'lish yetarli emas. Siz quvonishingiz kerak, chunki Masih uchun azoblanishning ulug'ligi, sha'ni, rohati va yengilligi buning og'rig'i va uyatliligidan buyukroqdir. Biz azoblarimizda mag'rurlanib ketmaymiz (bu hammani buzadi), balki biz Masih biz bilan qolishini va U bizni tark etmasligini bilib, Pavlusdek (2 Korinfliklarga 12:10) bulardan rohat olishimiz kerak.

IBODAT: Samoviy Ota, Sen bizlarni inoyat orqali o'g'illaringdek qabul qilganing uchun, biz Sendan minnatdormiz. Bizning qo'rquvimiz, o'jarligimiz, tanaviy qadr-qimmatlarimizga yopishib olganimiz uchun bizlarni kechir. Bizga Masihning pokligini, sabrini va mehrini o'rgat. Tinchliging xushxabarini tan olishimiz uchun bizga kuch va jasorat ber. Do'stlarimiz va oilamiz bizni rad etganda, bizni saqla va bizdan nafratganlarni dou qilaylik, bizni kaltaklaganlarni sevaylik va bizni quvg'in qilganlar uchun ibodat qilaylik. Quvonchda va hursandchilikda bizni mustahkamla chunki Sen biz bilansan, va bizda maskan qilding. Iltimos Sening noming uchun bugun azob tortayotganlarga dalda ber. Omin.

SAVOL:

  1. Quvg'in etilgan imonlilar uchun to'langan to'lov nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)