Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 003 (The Good Shepherd cares for His sheep)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
1. Xudovand Cho’ponim Mening

Yaxshi Cho’pon qo’ylariga qayg’uradi


ZABUR 22:2
2 Yam–yashil yaylovlarda U menga orom beradi, sokin irmoqlar bo‘yida U meni yetaklaydi.

Inson hayotidagi asosiy kuch ochlik va chanqoqlikdir. Ikkalasi jinsiy aloqadan, maqsaddan, boylikka o’chlik, o’tmishdagi ishlardan rohatlanish yoki modaga qiziqishdan kuchlidir. Dovud ko’p marta ochlik va chanqoqlikni boshidan kechirgan. Jinga chalingan Shoh Shoul keyingi Shoh qilib moylangan Dovudni yomon ko’rgan va o’ldirmoqchi bo’lgani uchun Dovud undan ko’p yil qochib yurgan. Dovud yana Shoh bo’lish uchun Xudo tomonidan moylangan Shoul uchun qayg’urdi, lekin dushman hududida qochoqlikda mensilmasdan, boshqalar tomonidan ishlatilib, kambag’allikda, sharmandalikda va doimiy xavfda yashadi.

Lekin hamma och va chanqoq qolishlariga qaramay quvg’inlarda va qatag’onlarda uni himoyalagan va ta’minlagan haqiqiy Egasi - yaxshi Cho’ponni topdi. Dovud chanqoqlikdan och qolmadi yoki o’lmadi yoki do’stlaridan so’ramadi. Xudoning ta’mini hamma Uni ulug’lovchilarni asradi. Xudoning inoyati ular ustida bo’ldi. Yaxshi Cho’pon ularni tinch va sokin joylarga olib bordi va ularga non va toza suv bergan. Ular Xudosiz boshqa bor bo’lolmaganlari uchun Uni yetaklashiga bog’liq bo’ldilar. Ular cho’pon suruviga qayg’urganidek Xudo ham ularga qayg’urishini tushundilar. Xudo ular uchun eng yaxshi yaylovni qidaradi. Badaviylar (Beduinlar - ko’chmanchi arablar) odatda suruvlari uchun yaxshi suvi bor yaylov topmagunlaricha uzoq masofani bosib yuradilar. Dovud o’zi cho’ponlik tajribasiga ega bo’lgani uchun Egasini ko’proq tushunardi.

Qattiq issiqda chanqoqlikdan qiynalganmisiz? Tanangiz qurib ketadi. Hamma namliklar bug’lanib ketadi. Havo yaltiraydi va yolg’on tasavvur ko’rinadi; lablaringiz yoriladi va qaltiraydi. O’lik cho’lda sizni oasis (voha) tomon chaqirish va boshlash ovozini eshitish qanday zo’r. Ba’zilar og’zi bilan suvni ichmay, balki yana tanalari bilan ichib adashadilar.

Xudoning So’ziga siz ochmisiz? Chaqaloq och bo’lsa to’xtamay yig’laydi va faqatgina onasi uni emizsagina tinchlanadi. Xudoning So’ziga siz ochmisiz? Ichingizda Yaratguvchingizni xohishini uzoq eshitasizmi va keyin shunga binoan harakat qilasizmi? “Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning og‘zidan chiqqan har bir so‘z bilan yashaydi” (Matto 4:4). Iso ularga dedi: “Mening ovqatim — Meni Yuborganning irodasini ado etish, Uning ishini tugatishdir” (Yuhanno 4:34). Har bir oddiy odam Xudoga talpinadi. Uning yuragi abadiy haqiqat bilimini talab qiladi. Kim Xudoning so’zini doimiy o’qimasa va yuragiga joylamasa ruhan o’ladi. Ruhiy oziqlanmaslik bizning mag’rurlik bilan o’ylash, reja tuzish va Xudosiz hamma narsani qilish rasmiy bilim davrimizning belgisidir.

Lekin siz va menga bizning kunlik rizqimizdan ko’ra ko’proq Xudo kerak. Xudosiz bizning jonimiz yomonlashadi va o’ladi. Ruhan o’lik odamlar ko’chalarda so’ngan yuzlar bilan shoshilib yuradilar. Ular gunoh, xavotir, tashvish va ichki bo’shliq bilan belgilanib qo’yilganlar. Ular yaxshi Cho’ponning ovozini eshitmaydilar.

Agar Xudoning So’zini o’qisangiz ozuqlanasiz. Muqaddas Kitobni kim yodlasa, u uchun qayg’ursa va unga bo’ysunsa o’layotgan odamga sof, toza, yahnalikka boy suv taklif qilinganligini taqqoslay oladi. U ichadi va yana ichadi yetarli bo’lmaydi. U jonlanadi va yangilanadi. U yana haqiqiy insonga aylanadi. U yana erkin nafas oladi, kuch qabul qiladi va yangi hayotni boshlaydi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 10:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)