Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)
8. Butrusning Qo'lidagi Masihning Ajoyib Ishlari (Havoriylar 9:31-43)HAVORIYLAR 9:36-43 Ko'p asrlar oldin Iso havoriylariga amr berib, shunday degan: Yo'lingiz qayga tushmasin, elga: Osmon Shohligi yaqinlab qoldi, - deb e'lon qilinglar. Xastalarni sog'aytiringlar, moxovlarni pok qilinglar, o'liklarni tiriltiringlar, jinlarni quvib chiqaringlar. Tekin oldingizlar, tekin beringlar (Matto 10:7-8). Iso havoriylariga Uning nomi bilan bu narsalarni qilish uchun hokimyat berdi. Ular Iso bilan to'la birlikda shunday qildilar. Isoning irodasini havoriylarning ishlari orqali sezdilar. Muqaddas Ruh ularni O'g'ilni ulug'lashga Uning sevgi shohligi ta'sir qilish uchun boshladi. Yoffada muhim shogird vafot etdi. Biz Muqaddas Kitobda ayol uchun foydalaniladigan shogird so'zini bir marta o'qiymiz. Bu shogirdning ismi, Aramiy Tavita so'zining ma'nosi kiyik bo'lgan. Bu singil o'zining xudojo'ylik hislati va yuvoshligi bilan farq qilib turar edi. U qo'shnilarining o'rtasiga ziddiyatni ekishga shoshilmadi balki kasallarga yordam berishga shoshildi. U qarilarning uylarini tozaladi, charchab qolgan onalarning emizukli bolalariga yordam berdi, va u juda qattiq qiyinchilikda yashagan jamoatdagi tullarga g'amho'rlik ko'rsatdi. Kiyik birodarlarga yordam berish uchun o'zining ko'p mol-mulklarini qurbon qildi. U Masih jamoat a'zolarining yuragida O'zining ismini tikishini xohlab, bo'sh vaqtida kashta tikdi. Bu ayol ularning hammalari Isoning ismining ulug'vorligi uchun chiroyli gilam bo'lishlarini ulardan xohladi. To'saddan bu aziz ayol vafot etdi. Marhumni bu yuqori xonada qo'yish ularning odati emas edi. Biroq Tavita uchun ular ko'p odamlar kelib, yog'i qilib, uning sevgisini va qurbonligini eslashga imkoniyat berib shunday qilishni tanladilar. Aziz birodar, agar siz vafot etsangiz sizning yaxshiligingiz, qurbon qilgan hatti-xarakatlaringiz tufayli odamlar sizning tepangizda ko'z yosh to'kishga boshqariladi deb o'ylaysizmi? Yoki sizning ziqnaligingiz, qalbingiz toshligi va qurbon qilishni xohlamasligingiz tufayli la'natlashadimi? Havoriylarning oralaridagi bosh bo'lgan Butrus ularning shaharlariga yaqin kelayotganini jamoat oqsaqollari eshitishdi. Ular Butrusdan kelib qiyinchilikda yuragi og'riyotganlarga dalda berishlarini so'rashdi. Ularga o'xshab, halok bo'lgan ayol Masihning ikkinchi kelishini kutgan edi va tirikligida U bilan uchrashishga umid qilgan edi. Bu jamoatga buyuk zarba edi, chunki u eng solih ayollarning biri Masihning kelishidan oldin vafot etdi. Butrus chaqiruvni eshitib darhol jamoatga dalda berish uchun Lo'ddadan Yo'ffaga 18 kilometr yurdi. U yuragi og'riyotgan ayollar yuzlariga shapaloq urib, sochlarini yulayotgan joy Jairusning uyiga qanday qilib Rabbiy kirganini esladi. U o'lik qizning xonasiga kirib, yig'layotgan ayollarga chiqib ketishlarini aytdi, U qizga hayot berib, dedi; Jajji qizaloq, o'rningdan tur. Kutyotganlarida Butrus Kiyikning uyiga kirib keldi. U ayollarning baland ovozda yig'layotganilarini ko'rib va eshitib, uning yuragi dard bilan to'ldi. Masihda yashayotgan imonlilarning atrofida o'limning kuchida hafagarchilikni sezdi. Butrus hamma yig'layotgan ayollarni tashqariga chiqarib, yakka o'zi ibodat qilish uchun tizza cho'kdi. Muqaddas Ruh bu shogirdni turg'izish uchun Isodan so'rashi uchun uning ibodatini boshqardi. Butrus muhim harakatlardan yoki so'zlardan voz kechdi va Iso ismini ulug'lashini aniqlik bilan sezdi. Butrus Iso Jairusning qiziga: Tavita, o'rningdan tur deb aytgan so'ziga o'xshab, u ham xuddi shu so'zni bu qizga aytdi. Ajablanarlisi shundaki, Butrus Isoning ismini ochiqchasiga eslatib o'tmadi, lekin Rabbiyning O'zi ishlatgan bir hil so'zdan foydalanib, ilohiy kuch orqali, hayotga bu qizni qaytardi. Havoriylarning oralaridagi eng betga chopar va dovyurak kishi ismi orqali bu o'lik ayolni turg'izmadi, chunki hech kim o'zining kuchi bilan o'limni yenga olmaydi. Hozir va abadiy muqaddas va begunoh bo'lgan Masihning O'zi bu o'lim ruhi ustidan zafar qozondi. Iso Masihga bo'lgan Butrusning imonining kuchi o'limni chetlatib, bu shogirdni hayotga qaytardi. Bu imonli o'rinlatib bu havoriyning so'zlarida Isoning ovozini eshitib, ko'zlarini ochdi. U o'tirdi-da o'zining tanasidagi hushboy hidni hidgadi. Bu ayol xonasidagi unga qarab ibodat qilyotgan begona kishini ko'rdi. Butrus uning qo'llaridan tutib turishi uchun unga yordam berdi. Butrus unga Iso hali ham yerda Unga xizmat qilishini xohlaganini unga tushuntirdi. Bu ayol atroflaridagi barcha qirg'oqli shahar va tumanlarda Masihning o'lim ustidan g'alaba qozonganligi haqidagi tirik guvoh bo'lishi kerak edi. Olomon xonaga qo'rqib kirishganida, ular esankirab uyatga qolishdi. Boshqalar o'limni yengan Masihga tizza cho'kib ulug'lashgan payitda ularning ba'zilari ibodat qilishdi. Bu yangilik shahar bo'ylab duvillab tarqaldi. Butrus imonni qo'shish uchun olomon orqali keldi va Iso Masihga bo'lgan ishonch orqali abadiy hayotga ega bo'ldi. Biroq ularning hammalari Hayotning Shahzodasida mustahkam turishmadi. Holbuki, ko'plar jamoatga qo'shilib, Masihning badanining a'zolari bo'lishdi. Butrus bu tirilish tufayli gullab yashnayotgan jamoatga xizmat qilib, Yoffada uzoq vaqt qoldi. Butrus jamoatning hashamatli uylarining birida qolmadi, biroq u terining badbo'y hidli va iflos bo'lgan terichining uyida nafratlanilgan bu kishi bilan yashadi. O'lik hayvonlar tanasi osilib bog'langan kasbdan ishlab chiqarilgan ifloslikdan zarar ko'rmasliklarini talab qilib, qonun bo'yicha bu terichi shahar tashqarisida yashadi. Butrus ismi osmonda yozilgan bu kambag'al imonli bilan joylashdi. IBODAT: Ey Rabbimiz, Sen Yoffada o'lgan shogirdni tiriltirgan mo'jizang uchun Senga sajda qilamiz. Biz Sening ovozingning rahbarligiga quloq solgan Butrusning imoni uchun Senga shukurlar aytamiz. Bizlarni Sening nomingdan xizmat qilish uchun Muqaddas Ruhingning rejasini tanishimiz uchun va itoat qilishimiz uchun bizlarni o'rgat va Sening kuching bilan Senga xizmat qilishimiz uchun bizlarni poklagin. Omin. SAVOL 51: O'lgan ayol tirilishi uchun Isoning buyrug'i qanday qilib O'zining shogirdlarida sezildi. |