Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)
26. Amaldorlar Kufri (Matto 27:39-44)MATTO 27:39-44 Muqaddas Rabbiy tanasining ogirligi ostida muskullari bilan la'natlangan daraxtga osilganda, do'zaxning kuchlari Unga hujum qildi. Bu kuchlar xochdagi qutqaruv harakatini yo'q qilishni xohlagandi. Yahudiylar va xalq oqsoqollari iblisning bu so'zlarini qaytardilar, “Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, xochdan pastga tush.” Bu ular “Sharmandali daraxtdan pastga tush, biz Sening ilohiyliginga ishonamiz” deb aytishyotgandek edi. Lekin bu xoch orqali o'tganlar yolg'on gapirdi. Ular Isoga ishonmadilar yoki Uni va yarashtirishini qabul qilmadilar. Masih Uning xochdan pastga tushishidagi Uning holatiga ularni ishontirgan guvohlarni tinglab, qanday masxaraga chidashiga to'g'ri keldi! Bu talab shubhasiz boshidan Isoni bu qutqaruvni bajarishdan to'xtatishga harakat qilgan iblis tomonidan boshqarilgan. Agar Iso xochdan tushganida, U bizning qutqarilishimizni va Xudo bilan bo'lgan qayta birligimizni buzib, iblisning rejasiga bo'ysungan bo'lar edi. Bu masxaradan Iso Xudoga O'g'illigini aniq tan olgani namoyon bo'lishini qabul qildi. Isoning xochi tagidan o'tganlar Isoning tan olishiga U haqiqiy kishi va haqiqiy Xudo, samoviy Otasi bilan bir bo'lgan, tug'ilgan lekin yaratilmaganligiga dalolat keltirdilar. Bu kaltaklash shahodatiga e'tiroz bildirishga jur'at etadigan kishi Isoning mo'jizalarida ko'ringan Masihning kuchini tushunmaganini ko'rsatadi. Xudo bilan bizning yarashuvimiz uchun Masihning azob va o'limining muhim ekanini ham tushunmaydi. Ayniqsa, u kishi Masihning haqiqatini va o'limdan Uning tirilishining haqiqatini tushunishni xohlamaydi. Yahudiylar Iso Xudoning O'g'li ekaniga ishonishmadi va ular xochga Mixlangan Isoni xochidan ozod qilishini kutmadilar, balki ular Xudoning O'zini agar Iso Uning suyukli O'g'li bo'lsa qiynalgan Masihni qutqarishi uchun Uni sinadilar. Abadiylikdan tayyorlangan qutqaruvni yo'q qilish uchun Masihni vasvasaga solish uchun insonlarni ruhlantirgan iblis qanday makordir. Ikta qaroqchilar bilan xochga mixlangan Masih uchun bu sharmanda edi. Iso yashagan vaqtda, U gunohkorlardan ajragan edi. Lekin o'limda, U eng yomon jinoyatchilar bilan xuddi U ularning gunohlarida ular bilan qatnashgandek bir bo'ldi. U biz uchun gunoh bo'ldi va O'ziga gunohkor tananing o'xshashligini oldi. Iso o'limida gunohkorlar orasida sanalgan. U yovuzlar bilan sherik bo'ldi, shuning uchun biz o'limimizda azizlar orasida sanalishimiz kerak va tanlanganlar orasida o'rnimiz bor. Xudoning sevgisi Isoni xochga boshladi. U takabburlik bilan harakat qilmadi yoki O'zi haqida o'ylamadi. Balki U yo'ldan adashyotgan xalqqa diqqatini qaratdi. Uning samodan kelishi, gunohkorlar orasida yashashi va mo'jizalari sevgi va o'zini qurbon qilish bilan to'lgan. Boriq iblis jinga chalinga oqsoqollarni “U boshqalarni qutqardi; O'zini qutqarolmaydi” deb baqirishga boshlaganida Iso haqida yolg'on gapirdi. Masih O'zini qutqara olar edi, lekin U bizni sevgani uchun xochga mixlandi. Iso Uni masxara qilganlarni sevdi va Otasidan ularni kechirishini so'radi. Isoni xochdan pastga tushishi uchun chaqirgan olomon o'zlarini yovuz ko'rinishga ochdilar, chunki xochga Mixlangandan boshqa hech qanday najot yo'q. Shuning uchun, xochga mixlanish haqida nima deb o'ylaysiz? IBODAT: Samoviy Ota, biz quvonamiz chunki Sening yagona O'g'ling muqaddas sevgidir. U masxara qilganlar tomon hech qanday vasvasaga, takabburlikka va achchiqlikka rozi bo'lmadi. Iso bizni xochdagi himoya sevgisi bilan qutqardi. Gunohlarimiz uchun bizni kechirib, biz Sening inoyatingda turishimiz uchun sevging bilan bizni to'ldir. O'g'lingning Ruhi bilan bizni kuchli qilgin va biz gunohkorlarni sevishimiz uchun bizga inoyat ber va xizmat hayotida, sabr-toqatda va minnatdorchilikda faqat Qutqaruvchimiz bo'lgan Masih va Sening nomingni ulug'lash uchun inoyatni ber. SAVOL:
|