Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)
15. Iso Yahudiylarning Oliy Kengashi Oldida (Matto 26:57-68)MATTO 26:65-68 Iso ilohiyligini e'lon qilgandan keyin va xalqining yo'l boshchilarini tavba qilishga, ishonishga va sajda qilishga chaqirgandan keyin, ular g'azablanib ketdilar. Ularning jahillari chiqib, Unga juda ko'p nafrat bilan muomala qilib, Uni “shakkok” deb nomlab o'limga topshirdilar. Yahudiylardan qonunlariga binoan, shakkokni darhol kaltaklashni talab qilingan, shuning uchun ular Uning aybida qatnashmasdan buni rad etdilar. Ulardan ba'zilari Isoni “Payg'ambar” deb nomlab, va Unga haqiqatdan ham ishonmasdan bashorat qilishini so'rab, Uni mazax qildilar. Siz yahudiylarning Oliy Kengashidagi Yahudiy xalqining vakillaridan ko'ra yaxshiroqmisiz? Siz Iso kishini tirik Xudoning O'g'li Najodkor Masih deb tan olasizmi? Yoki siz Uning ilohiyligini va najodini rad etasizmi? Ehtiyot bo'ling! Javobingiz abadiylikda taqdiringizni hal qiladi. IBODAT: Rabbimiz Iso Masih biz Senga rahmat aytamiz, chunki Sen uzoq vaqt yahudiylarning Oliy Kengashi oldida jim turding va keyin ularga bir gap bilan to'liq ulug'vorligingni e'lon qilding. Biz Senga sajda qilamiz, ishonamiz va Sen tirik Xudoning O'g'li ekaningni, Rabbimiz va Najodkorimiz ekaningni tan olamiz. Sen Otangning o'ng tomonida o'tiribsan va tirik va o'liklarni hukm qilish uchun osmon bulutlarida kelyapsan. Osmonda ham yerda ham butun hokimyat Senga berilgan. Biz do'stlarimizga va qarindoshlarimizga Sening nomingni aytishimiz uchun va shohliging Ota Xudoning ulug'vorligi uchun kelishi uchun imon itoatkorligi bilan yuraklarimizni to'ldir. SAVOL:
|