Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 243 (Jesus’ Entire Submission to His Father’s Will)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

12. Isoning Otasining Irodasiga bo'lgan Butun Itoatkorligi (Matto 26:42-46)


MATTO 26:42
42 Iso ikkinchi marta borib: - Ey Otam! Agar bu qismat Meni damiga olmay o'tib ketishi mumkin bo'lmasa, mayli Sen xohlagandek bo'lsin, - deb ibodat qildi.

Masih Muqaddas Ruh orqali tanasining istagini yengib chiqdi. U ikkinchi ibodatini Xudo bilan to'liq birlikda birinchi ibodatidan boshqacha qildi. O'gil xochdan boshqa bu dunyoni qutqarish uchun boshqa yo'l yo'qligini tushunib yetdi.

Masihning qoni orqali emas balki qonunning harakatlari orqali inson oqlanadi deb aytadiganlarning holiga voy. Bular ular uchun tayyorlangan qutqaruvda qatnashmaydilar, chunki faqat Iso bizning o'rnimizga zaqqum kosadan ichdi.

O'g'il ikkinchi ibodati mobaynida O'zining irodasini yengib chiqdi. U bizning o'rnimizga ilohiy zaqqum kosani ichishga va gunohkorlar uchun gunoh qurbonidek ulushga va to'lov to'lash orqali Otasidan ajralishga sevgi bilan rozi bo'ldi.

Ibodat bu faqat bizning istaklarimizni Xudoga taqdim etish emas, balki irodamizni Uning irodasiga topshirish hamdir. Biz samodagi Otamizga o'zimizni eslatish uchun, va Unga yo'limizni va “Sening irodang bo'lsin” deb ishimizni topshirishimiz uchun qachon bo'lsa ham g'am-qayg'uda bo'lganimizda bu ma'qul bo'ladigan ibodatni anglatadi.

MATTO 26: 43-46
43 U qaytib kelib, shogirdlarini yana uxlab yotgan holda ko'rdi. Ularning qovoqlari salqigan edi. 44 Iso ularni qoldirib, yana uzoqlashdi va o'sha so'zlarni takrorlab, uchinchi marta ibodat qildi. 45 Shundan so'ng O'z shogirdlari yoniga kelib, ularga dedi: - Sizlar hali ham uxlab, rohatlanib yotibsizlarmi? Mana, vaqt-soati keldi, Inson O'g'li gunohkorlar qo'liga tutib berilyapdi. 46 Turinglar, ketaylik. Mana, Menga xoinlik qiluvchi ham yaqinlashib qoldi.
(2 Korinfliklarga 12:8)

Iso bir hil mavzu uchun uch marta ibodat qildi. U uchinchi ibodatida ikkinchi ibodatida qilgan bir hil so'zlarni ishlatdi. Bu Uning ibodati eshitilmagani uchun ishonmasligidan emas, balki U allaqachon vasvasachi Uning Otasining irodasiga bo'lgan itoatkorligini yengish uchun vaqt-soati kelishida doim Unga hujm qilishini bilgani uchun edi. Iso O'zini takroriy ibodatlar orqali Otasining irodasiga qo'ydi, va U barcha insonzod uchun o'rinbosar kabi Xudoning g'azabini ko'tara oladigan yagona inson ekanini ibodatdagi sabr-toqat orqali bilar edi.

Vasvasa soatida osmon va yer -yuzidagi hamma narsa o'zining nafasini olganidek tuyuldi. Agar Iso O'zi uchun tinchligini afvzal ko'rganida va Otasi bilan birlikni davom ettirganida, biz hammamiz yo'q bo'lib ketar edik. U O'zidan kechib, xochini olib, najodimiz uchun o'ldi. Hamdu-sano bo'lsin!

IBODAT: Rabbiy Masih, biz chuqur minnatdorchilik bilan Senga sajda qilamiz chunki Sen gunohlarimizga bo'lgan Otangning g'azabi tufayli hukmlarimizni va azoblarmizni olding. Imon itoatkorligi uchun kichkina “minnatdorchilik” kabi tanamizni, yuragimizni va fikrlarimizni qabul qil. Biz uchun bo'lgan o'liming uchun Senga rahmat. Biz vasvasaga tushmasligimiz uchun bizni pokla va bizni aldashga harakat qilayotgan iblisdan ogoh bo'lib, rejalaringda birga turishimiz uchun hormasdan ibodat qilishga bizni o'rgat.

SAVOL:

  1. Biz Getsemaniya bog'idagi Masihning uchta ibodatlaridan nimani o'rganamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)