Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 238 (The First Lord’s Supper)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

7. Rabbiyning Birinchi Kechligi (Matto 26:26-29)


MATTO 26:26-29
26 Ular ovqatlanib o'tirganlarida, Iso nonni oldi, duo o'qib sindirdi va shogirdlariga tarqatib: - Olinglar, yenglar, bu Mening tanamdir, - dedi. 27 Kosani ham olib, shukrona duosini aytdi va ularga uzatib: - Bundan hammalaring ichinglar, - dedi. 28 - Chunki bu - ko'plarning gunohlari kechirilishi uchun to'kiladigan, Yangi Ahdni tasdiqlaydigan Mening qonimdir. 29 Men sizlarga shuni aytaman: Otamning Shohligida sizlar bilan yangi sharob ichadigan o'sha kungacha, Men uzumning bu ko'z yoshidan boshqa ichmayman.
(Chiqish 24:8, Yeremiyo 31:31, 1 Korinfliklarga 10:16, 11:23-25, Ibroniylarga 9:15-16)

Hilvat xonadagi Fisih bayramini nishonlashyotganda, Iso nonni olib, bu uchun samoviy Otasiga shukrona aytib, butun najodimizni beradigan Rabbiyning kechligining belgisi kabi, buni duo qildi. Buni ilgarigi Masihiylar “minnatdorchilik belgisi” deb atashgan. Masih uchun minnatdorchiligimiz sevgimiz bilan o'sib boradi. Biz Uni sevib boramiz va Unga shukrona aytib boramiz.

Iso shogirdlariga aytganidek, “Bu non ichingizga kirganidek, Men sizda yashashni istayman. Bu yangi ahdning maqsadidir. Bu tanaviy non yashash va ishlash uchun sizni kuchlantirgani kabi, siz hormasdan hursandchilik bilan xizmat qilishingiz uchun abadiy hayot va kunlik xizmat uchun Men sizda yashab ishlayman” deb aytib Rabbiyning Kechligida bu nonning ma'nosini e'lon qildi.

Keyin Iso kosani olib, bu sharobning ma'nosini ularga tushuntirib berdi. Bu bizning barcha gunohlarimizdan tozalaydigan Uning qoniga o'xshaydi. Uning o'limi Xudo bilan bizni yarashtirdi. Solihligimiz Eski Ahdni tasdiqlagan buqaning qoni to'kilishiga asoslanmaydi, balki Otasi bilan Yangi Ahdga qonuniy kirishimiz uchun O'zining qimmatbaho qonini to'kib, tanada bo'lib va biz uchun o'lgan Xudoning O'g'liga asoslanadi. Shuning uchun Uning qudratli Ruhi bizda yashaydi, va biz abadiy hayotni qabul qilamiz.

Eski Ahdning qoni faqat ozchilik uchun to'kilgan. Bu (Muso aytadigan) Rabbiy “siz bilan tuzgan” degan ahdni isbotlagan (Chiqish 24:8). Eski Ahdning qurbonliklari faqat Isroilning bolalari uchun qilingan (Leviylar 16:34). Lekin Iso Masih “butun dunyoning gunohlari uchun qurbondir” (1 Yuhanno 2:2).

Xochdagi Masihning o'limi Yangi Ahdga qonuniy asosdir. Iso yagona qurbonligida butun qurbonlik qonunlarini Yangi Ahdda jamlab bajardi. U O'zi bizlarni Muqaddas Xudoning g'azabidan va hukmidan saqlaydigan Xudoning Qo'zisidir. Faqat U tarixdagi izdoshlari uchun Yangi Ahdning qurbonidir. Masih O'z o'limida abadiy najodimiz uchun to'liq qutqarishni yaratdi va Uning qutqarishi O'zining Ikkinchi Kelishida to'liq ochilishini aytgan. U shogirdlari bilan yuqori xonada o'tirgani kabi, biz bilan o'tiradi. Keyin Otasining shohligi ulug'vorligi va qudrati bilan nomoyon bo'ladi. Sajdamizning minnatdorchiligi hech qachon tugamaydi chunki U biz bilan va bizda bo'ladi, va abadiy bizdan ajramaydi.

Siz Iso kelganida Uni ulug'lashga qo'shilasizmi? Siz Masihni ertaga kutib olishingiz uchun sizning ichingizda bugun yashaydimi? Rabbiyning Kechligining odatidagi Yangi Ahdni boshlaganingizda, Isoning so'zlarini chuqur o'rganing chunki ular bizning imon va najodimizning hamma boyliklarini o'z ichiga oladi.

IBODAT: Samoviy Ota, biz yagona O'g'lingning o'limi uchun butun yuragimiz bilan Seni ulug'lab, hamdu-sano aytamiz chunki U O'zining qurbonligi orqali bizni Sen bilan yarashtirdi. Biz inoyating orqali oila a'zolaring bo'lishimiz uchun bizga berilgan Muqaddas Ruhing orqali yuraklarimizda yashaydi. Biz O'g'lingda qolib, U bizda abadiy yashashi uchun bizni birligingda saqlagin.

SAVOL:

  1. Rabbiyning Kechligining qoidalari nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:45 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)