Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 211 (The Disciples’ Questions)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

2. Shogirdlarning Savollari (Matto 24:3)


MATTO 24:3
3 Iso bir O'zi Zaytun tog'ida o'tirgan vaqtda, shogirdlari Uning yoniga kelib, so'rashdi: “Bizlarga ayt-chi, bu voqealar qachon yuz beradi? Sening kelishing va oxirzamon yaqinlashganini ko'rsatadigan belgi qanday bo'ladi?
(Havoriylar 1:6-8)

Zaytun Tog'iga bo'lgan yo'llarida, shogirdlari Masihning diqqatini ma'badning binolariga tortdilar. Biroq, Masih bo'shliqni va xalqining gunohlari tufayli yo'q bo'lib ketishini ko'rdi. Masihning so'zlari izdoshlaridagi tirik umidda yirtildi. Xudo sevgisining rejasi sement va po'latdan qilingan, oltin bilan qoplangan va hushbo'y tutatqilar bilan to'lgan binolarda emas; balki “tirik tosh” dan qurilgan ruhiy ma'baddir. Uning ma'badi Muqaddas Ruhga to'lgan va buzilgan dunyomizda Xudoga xizmat qiladigan imonlilar tomonidan quriladi. Siz Xudoning ma'badidagi tirik tosh bo'lganmisiz? Yoki siz hali ham dalalarda otiladigan foydasiz toshlarga o'xshaysizmi? Masih sizning yovuzliklaringizni butab, sizni abadiy foydali inson qilishi uchun Uning qo'llariga o'zingizni qo'ying.

Eski Ahd ma'badi o'rniga Yangi Ahd ma'badi o'rnatilish uchun u qulashiga to'g'ri keldi. Bu vaqtda Masihning shogirdlari eski ma'baddan voz kechisha olmagan chunki ular yangi va yaxshiroq bo'lgan ma'badni tasavvur qilisholmagan. Ular vayronalikdan va jamiyatlarining markazi nihoyasiga yetishidan titraganlar. Ular hayotlari, qo'ni-qo'shnilari va do'stlari uchun cho'chiganlar. Ular Masihning shohligining kelishini to'liq tushunishmagan-u, lekin ular Isodan bu buyuk vayronagarchilik aniq qachon va qanday qilib yuz berishini va Xudoning shohligi qachon kelishini so'rashgan. Ular ilohiy shohlikning kelishini og'riqsiz va vayronagarchiliksiz istashgan.

Siz kelajakdan qo'rqasizmi? Atrofingizdagilarning o'limida va bomba tushishida ishonchsizlikni sezasizmi? Hatto tanangiz nobud bo'lsa ham tinchlaning va qo'rqmang chunki buning hammasi Isoning kelishini va Uning shohligining to'liqligi zulmat kuchayganidan qat'iy nazar yaqinligini ko'rsatadi. Siz kelajak ravnaqlarini bilishni istaysizmi? Barcha bu hodisalar Masihning ikkinchi kelishining ko'rsatgichlari ekanini unutmang. Xafagarchilik va muammolar Rabbiyning kelishining belgilari bo'lishi mumkin. Sizga tushadigan qiyinchiliklar o'rtasidagi bu ko'rinishni yo'qotmasdan balki boshingizni ko'taring chunki qutilishingiz bo'sag'ada turibdi.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, biz quvonamiz chunki Sen yaqinda kelasan. Biz Sening qutqaruv ko'rinishinga ko'z tikamiz. Faqat tashqidan porlaydigan bo'm-bo'sh ma'badga o'xshamasligimiz uchun bizni yuzakiylikdan va nodonlikdan saqla; biroq biz Muqaddas Ruhingning rejasida mustahkam turaylik. Sening kelishinga ko'z tikayotgan barcha bilan birga imon va sabrning itoatkorligini o'rganish uchun, yangi ruhiy ma'badingda bizlarni tirik tosh kabi qo'ygin.

SAVOL:

  1. Ma'badning vayronagarchilik haqidagi shogirdlarning savollarining sirli olami nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)