Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 188 (Jesus Questioned)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)

4. Isoni Yahudiylarning oqsaqollari so'roq-savol qiladi (Matto 21:23-27)


MATTO 21:23
23 Iso ma'badga kirib ta'lim berayotganida, oliy ruhoniylar va xalq oqsoqollari Uning oldiga kelib: - Sen bu ishlarni qanday huquq bilan qilyapsan? Senga bunday vakolatni kim bergan? - deb so'radilar.
(Mark 11:27-33, Luqo 20:1-8, Yuhanno 2:18, Havoriylar 4:7)

Masih ma'badni tozalaganda din ulamolari gangirab qoldilar va ular Isoni qanday qilib qo'lga olish haqida munozara qildilar. Biroq, Masih shahar tashqarisida hatarsiz uhlab yotdi va U ma'badda va dushmanlari orasida ta'lim berar edi.

Bosh ruhoniylar va oqsoqollar (ikta sudning hukmdorlari) Isoning dastlabki yovlari bo'lishgan. Bosh ruhoniylar jamoat sudini o'z ichiga olgan va Qonunning barcha ishlarini olib borgan. Xalqning oqsaqollari xalqoro ishlarni boshqargan xalqoro sudlarning hukmdorlari bo'lishgan (2 Solnoma 19:5, 7, 11). Bu ikki gruh Masihga hujum qilish uchun birlashdilar. Masihning shohligining suflyorlari bo'lish kerak bo'lgan din va davlatdagi hokimlar haqiqatdan ham bunga raqib bo'lishgani qanday achinarli! “Masih voizlik qilyotganda” biz shu yerda ular Isoga halal berishyotganini ko'ramiz. Ularning o'zlari na Isoning qoidalarini qabul qilishadi, na boshqalar ularni qabul qilishiga yo'l qo'yishadi. Bosh kengashdan bo'lgan hukumat vakili Isoning vakolatining manbasi haqida Isoni so'roqlagani kelishdi. Ular Isoning g'oyat darajadagi kuchini his qilishdi va Uning ajoyib mo'jizalarini rad etisha olmadi, biroq ular Uning asl vakolatini tushunmadilar chunki ular Xudo Ruhidan tug'ilishmagan edi. Masih ularni juda havotirga solyotgan edi. Ular Isoni jinga chalingan deb ayiblab, Uning chaqiruviga bo'lgan tushunchalarni berkitdilar. Ko'p odamlar Masihga osmonu yerda butun hokimyat berilgan Xudo O'g'li ekanligini tushunmadilar.

Yahudiylarning ko'plari kasallarga shifo beradigan, o'liklarni tiriltiradigan va jinlarni haydab chiqaradigan Rabbiyning tabiatini tushunmadilar. Ularning yuraklari qotib qolgan va berk edi. Masihning tabiatini tushunmaydigan kishi nodonligicha qoladi va bu u kishi hali ham gunohlarida o'lik ekanini ko'rsatadi.

Masihning vakolati bu dunyodagi eng buyuk kuchdir. Uning sevgisining kuchiga ishonadigan kishi qayta tug'iladi. Masihning so'zi gunohning eng qattiq zanjirlarini buzishda va jinlarni haydab chiqarishda davom etadi. Xudoga rahmat! Dunyomizda hali ham umid bor. Masih bu dunyoda bo'lgan vaqtda ishlagani kabi bizning oramizda ham ishlaydi.

Bu vakolat imonlilardan yashirilmaydi, chunki ular bu ilohiy sevgining ma'nbasi ekanini bilishadi. Masih qiyin ustoz emas, va U bizni yo'q qilish uchun buyukligini ko'rsatmaydi. U mehribon va rahimdil yupatuvchidir. Biz kambag'al va muhtojlarning najodi uchun kuchini ishlatganida bu sifatlarni ko'rdik. Siz gunohkor yo'llaringizdan o'zgarishingiz uchun Masihning vakolatiga qalbingiz va fikringizni oching.

Bu savolni o'zlaridan so'rab, ruhiy vakolat bilan harakat qiladiganlar uchun yaxshidir: “Bu vakolatni bizga kim bergan?” Agar bir inson vakolatining ma'nbasi haqida vijdonida aniq bo'lmasa, u kishi g'alabaning hech qanday umidi bilan harakatlanolmaydi. Vakolatlarisiz chopadiganlar ( bu amaldor vakolati), marhamatlarisiz chopadilar (Yeremiyo 23:21-22).

IBODAT: Qudratli Masih, biz Sendan minnatdormiz chunki samoviy Otang Senga osmonu yerda butun hokimyatni berdi. U do'zax va tamug'ning kalitini saqlaydi. Biz quvonamiz va bu dunyoda Sening kuchingdan ko'ra boshqa kuch yo'qligini his qilamiz. Biz Sening sevgingga ishonib, do'stlarimiz va qo'shnilarimizning najodi uchun ibodat qilib Sendan Ruhni qabul qilamiz. Hatto dushmanlarimiz o'zgarishi uchun, yuraklari yangilanishi uchun va Sen uchun va abadiy Senda yashashlariga ular uchun najod qidiramiz. Omin.

SAVOL:

  1. Xalq boshliqlarining vakili nima uchun Isoning vakolati haqida Uni savolga tutdilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 07:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)