Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 043 (The Beatitudes)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

a) Bahtiyorliklar (Matto 5:1-12)


MATTO 5:4
4 Yig'layotganlar bahtlidir, chunki ular tasalli topur. (Zabur 125:5; Vahiy 7:17)

Xudo sevgisining qo'ng'irog'ining ikkinchi yangrashi yig'layotganlar haqida. Masih ular uchun mehr shavqat bilan deydi, “Yig'lamanglar chunki yangi asr boshlandi. Men g'am-qayg'uga sabab bo'ladigan hamma narsani qurbonlik o'limim orqali yengdim. Xudoning Ruhi ustingizga tushadi va sizlar quvvat olasizlar. Bu Muqaddas Ruh sizning tinchligingiz va umidingizdir” (Efesliklar 1:14). Yuragingizning g'am-qayg'usining qancha kattaligining ahamyati yo'q, bu osmonning hursandchiligi va daldasi orqali yengilgan. Masih bizning achinarli dunyomizga aniq umid beradi; shuning uchun quvoning, rahmat ayting va Uning buyuk najodida hursand bo'ling. Bizning qo'shiqlarimiz, minnatdorchiligimizning madhiyalari va hamdu-sanolarimiz eng chuqur qayg'ularimizni yengib chiqadi. Rabbiyning yaqin kelishini kuting, U bizning ulug' umidimizni bajaradi. Xudo ko'zlarimizdan har bir yoshni artib qo'yadi (Vahiy 7:17; 21:4; Ishayo 25:8).

Osmonning hursandchiligi komil bo'lishdan va abadiy yupanishdan iborat. Rabbimizning shodligi “abadiy baht-quvonchga to'ladir” (Zabur 15:11). Bu “xudojo'ylik g'ami” orqali bu uchun tayyorlanganlarga ortig'i bilan totli bo'ladi. Jannat yer yuzida azob tortadiganlar uchun haqiqatdan ham jannat bo'ladi. “Ko'z-yoshi bilan ekin ekkanlar” hursandchilik bilan hosil ko'tarar (Zabur 125:5); oqshomda yig'i hukm sursa, saharda shodiyona kelur (Zabur 29:5).

MATTO 5:5
5 Beozor bo'lganlar bahtlidir, chunki ular yer yuziga ega bo'lur. (Matto 11:29; Zabur 37:29)

Tinchlikda mo'min-qobillar dam oladi. Ular o'zlarini Xudoga, Uning so'ziga va Uning yo'liga topshiradilar; ular Xudoning ko'rsatmalariga ergashadilar va rejalariga ko'ra harakat qiladilar. Ular insonlar tomon yumshoq bo'ladilar va bu bilan g'azablanmasdan kechirim berishadi. Ular jim bo'lishadi ham, va yumshoq javob qaytarishadi ham; va ular hunuk hulqli kishiga, bu uchun imkoniyat bo'lganda foydalanib, jahillarini ko'rsatishmaydi. Boshqalar yonganda ular pasayadi va ular zo'rg'a yana biror narsadan egaliklarini saqlashganda, ular sabr-toqatlari bilan qalblarining egaligini saqlashadi. Ular qiyinchilik bilan o'chakishgan mo'min qobildirlar, lekin ular tez va ossonlikcha o'zlarini bosvolishadi. Ular o'zlarining ruhlaridan hukmronlik qilib, bir qasoschidan ko'ra yigirmatta yaradorni kechiradilar.

Bu yumshoq kishilar haqiqatdan ham bahtlidirlar, hatto bu dunyoda ham. Ular bahtiyordir, chunki ular “Mendan o'rganinglar, chunki Men beozor va soddadilman” (Matto 11:29) deb aytadigan Isoga ergashishadi. Ular g'azabi bo'lmagan Rabbiyni Masihga o'xshatishadi. Ular hursand va bahtlidirlar, chunki ularda Rabbilaridan bo'lgan hursandchilik va eng yaxshi qulaylik bor. Ular har qanday a'loqaga, har qanday holatga va guruhga – yashashga va o'lishga mos keladilar.

Lekin Masih qayta kelganida kuchlilar, boshqaruvchilar, boylar va mag'rurlar yig'laydilar. Ular umidsiz bo'ladilar chunki ular Xudo qonunining asosiy qoidalarini bilmaydilar va buni buzadilar. Ular qattiq jazoga hukm qilinadilar. Kamtar Masih zo'rovonlikdan yuvoshlikka tabiatlarini o'zgartirgan va Isoni qabul qilganlar bilan birga yer-yuziga ega bo'ladilar.

SAVOL:

  1. Nima uchun kuchlilar emas, yuvoshlar yer-yuziga ega bo'ladilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)