Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 031 (Call to Repentance)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

1. Tavbaga Chaqiruv (Matto 3:1-12)


MATTO 3:11
11 Men sizlarni tavbaga chaqirish uchun suvga cho'mdirib yuribman. Lekin mening ketimdan Kelayotgan mendan qudratlidir. Men Uning choriqlarining ko'tarishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga cho'mdiradi. (Yuhanno 1:26-27, 33; Havoriylar 1:5, 8; 2:1-4)

Suvga cho'mdiruvchi Yahyoning xizmati Ruhni berish uchun kelayotgan Masih uchun tayyorlanishda suvga sho'mdirish va tavba qildirish edi. Eski Ahd Xudoning xalqi suv bilan tozalanib, muqaddaslik uchun Xudoning Ruhini qabul qilganida kelajak kunlari haqida yatadi (Yeremiyo 31:31-34; Hizqiyo 36:24-28). Nido qilyotganning sadosi bo'lgan Yahyo faqat Muqaddas Ruhga cho'mdiradigan Masih bo'lgan bu payg'omlarni beruvchini tasdiqlaydi.

Yahyo o'zining suvga cho'mdirishi tavba uchunligini va bu yuraklarni o'zgartirmasligini va'z qilgan. Bu kasallikni tekshirib tasdiqlaydi biroq buni davolamaydi. Yahyo dunyodan harobalikni olib tashlaydigan va kasalliklarni shifolay oladigan yagona moylangan Masihning kelishi tomon ko'z tikar edi. Iso barcha tavba qilganlarni va siniq yuraklarni osmon shohligiga loyiq qilib, ularni sevgi xalqiga o'zgartirib va ilohiy Ruhi bilan ruhlarini yangilab, Muqaddas Ruhi bilan cho'mdiradi. Masih xudojo'ylikning shakli bor bo'lgan ikkiyuzlamachilarni Xudo g'azabining abadiy oloviga Xudoning inoyatini mensimaydiganlar bilan ularni ozod qiladi.

Barchadan eng buyuk payg'ambar bo'lgan Yahyo Yangi Ahdga suyanib, Eski Ahdning ostonasida turar edi. U Muso Qonuniga ko'ra Xudoning g'azabini voizlik qilgan, biroq u Xudodan bu yovuz dunyoga hayot berib, tavba qilganlarni qutqarish uchun ularning ustiga keladigan inoyat Rabbiysini ko'rgan.

Tavba qilgan va gunohlarini tan olganlarga va'da qilingan Muqaddas Ruhning O'zi Xudodir. Xudoning oldida ayiblarini e'tirof etadigan va ulardan qaytadigan kishi Masihning kechirimiga va samoviy kuchga erishadi. Xudoning O'zi bu gunohkorda yashab, Muqaddas Ruh orqali uni farzandi qiladi.

Shuning uchun Muqaddas Ruhga cho'mishdan qo'rqmang chunki bu Ruh Xudoning sevgisi, mehribonchiligi va abadiy hayotidir, va bu Ruh Masihni ulug'laydi.

Yahyo harakatda Masihning oliyjanobligini bilar edi. Yahyo o'zini Unga xizmat qilishga loyiq emasman deb o'ylar edi hatto o'zini Uztozining oyoq kiyimini olib yurish uchun qul bo'lishga loyiq emasman deb hisoblar edi. Bu suvga Cho'mdiruvchi haqiqiy tavba hosillarini keltiradigan kamtar kishi bo'lgan. Yahyo gunohdan yuz o'girib Xudoga qaytgan barchaga Muqaddas Ruhni berib keladigan Masihga butun yuragi bilan umid qilgan.

Bu Iso Masih ular qilolmaydiganlarini qilib, berolmaydiganlarini berib, ulardan ko'ra qudratliroq ekanini bilib, sodiq xizmatchilarga buyuk bir daldadir. Uning kuchi bizning kuchsizligimizda tugal bo'ldi (2 Korinfliklarga 12:9).

Bular Xudo ularga e'tibor qo'yadigan hammada hamma narsa bo'lish uchun Masihga ruhsat beradiganlardir. Xudo mag'rurlarga qarshi, ammo kamtarlarga inoyatlidir (Yoqub 4:6).

IBODAT: Ey Muqaddas Ota, men Sening sevging bilan o'zimni solishtirganimda, men takabburga o'xshayman. Iltimos mening yetishmayotgan mehrimni va qotib qolgan yuragimni kechir. Men Muqaddas Ruhingni qabul qilishga loyiq bo'lishim uchun Muqaddas Ruhdan tug'ilib mening o'rnimga o'lish uchun Masihingni jo'natganing uchun Senga rahmat aytaman. Iltimos har bir tavba qilayotgan kishi Ruhga, muloyimlikka, mehribonchilikka va Masihning sevgisiga to'lishi uchun bu imonlini yangilagin. Omin.

SAVOL:

  1. Masih nima uchun bizni Muqaddas Ruhga cho'mdirishga qodir?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:46 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)