Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 06 - Faith 2

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
E - Yangi Ahddagi IMON Qoidalariga mansub Masihning Amrlari

2. Xudo Kim?



Yuhanno 4:23-26 -- 23 Biroq vaqt-soati bilan haqiqiy topinuvchilar Otaga Ruh va haqiqat bilan topinadilar, ana o'sha vaqt-soat keldi! Ota shu yo'sinda O'ziga topinuvchilarni izlaydi. 24 Xudo – Ruhdir, Unga topinuvchilar esa Ruh va haqiqat bilan topinmoqlari lozim. 25 Ayol Isoga: - Qutqaruvchi Masih kelajagini bilaman. U kelganda, hamma narsani bizga ma'lum qiladi, - dedi. 26 Iso ayolga: - Sen bilan gaplashyotgan Men O'shaman, - dedi.
Luqo 6:35-36 -- 35 Lekin siz dushmanlaringizni seving, yaxshilik qiling, hech narsa tama qilmay qarz bering. Shunda buyuk mukofot olib, Taolloning o'g'illari bo'lasizlar. Chunki Uning O'zi ham noshukurlar bilan yomon niyyatlilarga nisbatan mehribon-ku. 36 Shunday qilib, Otangiz rahmdil bo'lgani kabi, sizlar ham rahmdil bo'linglar.
Matto 5:44-48 -- 44 Lekin Men sizga yataman: dushmanlaringizni sevinglar. [Sizni la'natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qiling. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun,] sizga jabr-zulm o'tkizganlar uchun ibodat qilinglar. 45 Shunda siz osmondagi Otangizning o'g'illari bo'lasizlar. Chunki U O'z quyoshini yovuzlar ustida ham, yaxshilar ustida ham balqitadi, yomg'irini solihlar ustiga ham, fosihlar ustiga ham yog'diradi. 46 Agar sizni sevadiganlarnigina sevsangiz, bundan sizga rahmat bo'lurmi? Soliqchilar ham xuddi shunday qilishmaydimi? 47 Agar siz faqat birodaringiz bilangina salomlashsangiz, qanday fazilatli ish qilgan bo'lasizlar? Butparastlar ham xuddi shunday qilishmaydimi? 48 Shunday qilib, osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, siz ham barkamol bo'linglar.
Yuhanno 17:11 -- Bundan so'ng Men bu dunyoda bo'lmayman, Sening huzuringga qaytyapman. Ular esa bu dunyoda qoladilar. Ey muqaddas Ota! Menga kimni bergan bo'lsang, O'z noming bilan asrab qolgin, toki ular ham bizday bir bo'lsin.
Matto 4:10 -- Shunda Iso: - Yo'qol ko'zimdan, shayton! Chunki Tavrotda: EGANG Xudovandga sajda qil, birgina Unga itoatda bo'l”, deb yozilgan, - dedi.
Matto 6:24 -- Hech kim ikki xo'jayinga xizmat qlolmaydi. U yo birini yomon ko'rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo'yib, boshqasini xorlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig'ina olmaysizlar.
Matto 6:30-33 -- 30 Agar Xudo bugun bor bo'lib, ertaga o'choqqa otiladigan dasht o'tiga shunday zeb bergan bo'lsa, sizni undan kam ko'rarmidi, ey imoni sustlar?! 31 Shunday ekan, nima yeymiz, nima ichamiz, nima kiyamiz, deb tashvishlanib yurmanglar. 32 Majusiylar hadeb buning g'amida yurishadi. Lekin Samoviy Otangiz siz bularning bariga muhtoj ekaningizni biladi-ku! 33 Siz avvolo Xudoning Shohligi va Uning irodasi payida bo'linglar, shunda bularning hammasi sizga qo'shimcha qilib beriladi.
Matto 19:4-6 -- 4 Iso ularga javoban: - Tavrotda o'qimagansizlarmi? - dedi. - Parvardigor boshdanoq odamlarni erkak va ayol qilib yaratdi 5 va dedi: “Er kishi ota-onasini qoldirib, o'z xotiniga yopishib qoladi va ikkovi bir tan bo'ladi”. 6 Shunga ko'ra ular endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo'shganini bandasi ajratmasin.
Matto 22:21 -- Qaysarniki, - dedilar. - Unday bo'lsa, Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, - dedi Iso
Matto 22:28-32 -- 28 Shunday qilib, u qiyomatda qaysi birining xotini sanalar ekan? Chunki u hammasiga xotin bo'lgan edi-ku. 29 Iso ularga javob berib dedi: - Siz Muqaddas Kitobni ham, Xudoning qudratini ham bilmaganingizdan adashyapsizlar. 30 Chunki oxiratda na uylanadilar va na erga tegadilar, balki osmondagi Xudo farishtalariga o'xshaydilar. 31 O'liklarning qayta tirilishiga kelsak, Xudoning sizlarga yo'llaganini hech o'qimagansizmi? 32Men Ibrohimning Xudosi, Ishoqning Xudosi va Yoqubning Xudosiman”, - degan edi U. Xudo esa o'liklarning emas, tiriklarning Xudosidir.
Matto 26:64 -- Iso unga: - O'zing aytding, - dedi, - Hatto sizlarga aytadurmanki, bundan keyin Inson O'g'li Qodir Tangrining o'ng tomonida o'ltirib, osmon bulutlari uzra kelayotganini ko'rasizlar.
Matto 27:46 -- Soat uchlarda Iso baland ovoz bilan: - Eli, Eli, lamo shavaqtani?, ya'ni “Tangrim, Tangrim, nega Meni tashlab qo'yding?” - deb faryod qildi.
Matto 6:9-10 -- 9 Sizlar esa bunday ibodat qilinglar: Bizning osmondagi Otamiz! Sening muqaddas isming ulug'lansin. 10 Sening Shohliging kelsin. Osmonda bo'lgani kabi, yerda ham Sening irodang bajo kelsin.

Hulosa

Rabbimiz Iso Masih O'z shogirdlariga Xudo haqidagi tuzilgan ta'limni hadya qilmagan; balki U izdoshlariga, sajdalariga, Xudodagi umidlariga, ismlarga, sifatlarga va Masihning gaplarida porlab turgan Xudoning harakatlariga qaraydi. Iso O'zining vahiylari va Xudo haqidagi ruhiy ta'limoti orqali bizga taqdim etishni emas, balki U bizni samoviy Otasi bilan amalda va haqiqatdan birlashtirishni xohlaydi. U bizni behudaga Xudoning ismini chaqirishimizni istamaydi, yoki Uning ismini befarqlik bilan chaqirishimizni istamaydi, balki Xudoning ismini qo'rquv va titroq bilan e'lon qilishimizni va butun yuragimiz bilan Uni sevishimizni xohlaydi. Iso biz Xudoni tushunganimizdek, fikrlarimizda Uni o'zlashtirishimizni istamaydi, biroq U biz Uniki bo'lishimiz va biz Uning muqaddas sevgisiga erishishimiz cuhun Uning irodasiga o'zimizni qo'yishimizni xohlaydi.

Iso O'zining amrlarida jamoatlarga va barcha tinglovchilarga bu buyuk Xudo Uning va bizning Otamiz ekanini e'lon qilgan. Xudo ruhdir va barcha sifatlarida tugaldir. Iso asosan Uning sevgisiga va mehriga diqqatini qaratgan. Samoviy Ota jabbor, dono, va qudratlidir. Uning O'zi hayotdir. U hamma narsani donolik va tartib bilan yaratgan; shuning uchun, biz Xudoning buyrug'lariga ko'ra harakat qilish uchun mosmiz, biz uchun qayg'uradigan Otamizga ishonamiz, Uni ulug'laymiz va Unga bo'ysunamiz.

Barcha jamoatlardagi Masihiylarning ko'plari shunday deb dalolat keltirishadi: “Men Osmon bilan Yerni yaratguvchi; Qudratli Ota Xudoga ishonaman”. Jamoatlarning otalari bu so'zlarda Isoning va Uning samoviy Otasi haqidagi e'lonlarini to'plashgan, va ular Uning yaxshiligida va himoyasidagi havfsizlikdir. Iso orqali muqaddas va barhayot Xudoni “Otamiz” deb chaqirish bizga hadya qilingani qanday yutuq! Bu gunohkorlar uchun to'lov kabi yagona O'g'lining o'limidan keyin mumkin bo'ldi, chunki Isoning qoni bizni barcha gunohdan tozalaydi. Bu ahd qoni tufayli, bizda Xudoni “Otamiz” deb chaqirishga huquq bor. Masihning o'limidan keyin, samoviy Ota Muqaddas Ruhini Otaning va'dasini kutib ibodat qilgan kishilarga, ular yangilanishi uchun va inoyati orqali qayta tug'ilishlari uchun Uni yog'dirdi. Biz samoviy Otamizning qonuniy va ruhiy bolalari bo'ldik. Biz Uning oilasi va oilasining a'zolari bo'lishimiz uchun bizni O'zining darajasiga ko'tarishi uchun biz bilan teng bo'ldi U.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 09:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)