Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)
21. G'alayonni Tanlash (Matto 27:15-23)MATTO 27:15-20 Barabba g'alayonchi, jinoyatchi va Rim dushmani bo'lgan. Pilat oqsoqollarga u haqida havfli tanlov berdi. Agar ular Barabbani ozod qilishni so'rasalar, ular Rim dushmanlari bilan o'zlariga to'g'ri yordam bergan bo'lar edilar. Shuning uchun, Pilat oqsoqollarga Isoni yoki Barabbani ozod etishni taqdim qilib, ularni tuzoqqa tortishga harakat qildi, chunki u Iso g'alayonni emas balki tinchlikni sevishini bilar edi. Bu hokimning xotini Iso haqida ko'p eshitganligi uchun emas, yoki U haqida tush ko'rganligi uchun emas edi. Bu uning tushi Xudodan bo'lganligining namoyonidir. Balki bu ayol dindorlarning biri bo'lgan va din haqida ba'zi tushunchasi bor bo'lgan hurmat qozongan ayollardan biri bo'lgan. Biroq, Xudo O'zini Nabuhatnazar singari, dindor bo'lmaganlarga tushlar orqali ochib beradi. Pilatning xotini bu tush tufayli azoblandi. Balki bu begunoh kishi haqida jinoiy muomala yoki Isoning o'limi uchun javobgar bo'lganlarning ustiga hukm tushishi haqida bo'lgan, bu qo'rqinchli tush bo'lgan va uning fikrlari uni muammoga qo'ygan. Hokimning xotinining guvohligi Rabbimiz Isoga bo'lgan hurmat edi. Bu ayol Isoga “solih kishi” dek qaradi, hatto U jinoyatchilarning eng yomoni kabi quvg'in etilgan bo'lsa ham. Hatto Isoning do'stlari Uni himoha qilishda ko'rinishdan qo'rqqan bo'lsalar ham, Xudo begona va dushman bo'lganlarni Uning yordamida gapirish uchun ularni majbur qildi. Butrus hatto Isodan tongan bo'lsa ham, Yahudo Uni e'tirof etdi. Bosh ruhoniylar Isoni o'limda ayiblaganlarida, Pilat Isoda hech qanday ayib topmaganini aytdi. Isoga ergashgan ayollar uzoqda turganlarida, Iso haqida ozgina biladigan Pilatning xotini Unga samimiy g'amho'rlik ko'rsatdi. Xudo O'zini haqiqat uchun guvohlarsiz tark etmaydi, hatto bu dushmanlari tomonidan rad etilgandek tuyulsa ham va do'stlari tomonidan sharmandalarcha tashlab ketilsa ham. Bu hokim ruhlarga ishongan. U haqiqiy Xudoni bilmagan lekin bir necha xudolardan, ruhlardan va ajinalardan qo'rqqan. Biroq uning xotini Isoning mo'jizali ishlari haqida eshitgan va Uning hibsga olinishi haqida esankirab qoldi. Xudo bu darajagacha uning notinchligini kuchaytirdi, u eri hayotining eng yomon hatosiga berilishini o'yladi. Bu ayol qat'iyan erini ogohlantirish uchun bir xabarchini jo'natishdan uyalmadi va uni Xudoning irodasining jinoyatchisiga qarshi hukmdan saqlab qoldi. IBODAT: Samoviy Xudo, biz Sening o'lchab bo'lmas sevging oldida boshimizni egamiz, chunki Sen yagona O'g'lingni biz uchun o'lishga va Sen bilan bizni yarashtirishga berding. Sen O'g'ling bilan Uning azoblarining har bir vaqtida azoblanding. Sen dushmanlaringni yo'q qilib yubormasdan, balki ularni sevib, O'g'lingni xoch yo'lini bajarish uchun boshqarding. Sen buni barcha gunohkorlar uchun to'lov to'lashga va ular tavba qilib, Muqaddas Ruhning kuchi bilan Senga ishonishlari uchun ularni oqlashga qilding. SAVOL:
|