Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 239 (Predictions on the Way to Gethsemane)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

8. Isoning Getsemaniyaga bo'lgan Yo'lidagi Bashorati (Matto 26:30-35)


MATTO 26:30-35
30 Keyin ular kuylab, Zaytun tog'i tomon ketdilar. 31 Shu orada Iso shogirdlariga dedi: - Bu tunda hammangiz Mendan yuz o'girasizlar. Chunki Tavrotda shunday yozilgan: “Men cho'ponni jarohatlayman. Qo'ylar o'zi tarqab ketadi”. 32 Biroq o'lib tirilganimdan keyin, Men sizlardan oldin Jalilaga boraman. 33 Butrus javob berib Unga dedi: - Agar hamma Sendan yuz o'girsa ham, men hech qachon o'girmayman! - dedi. 34 Iso unga: - Senga rostini aytsam, shu kechayoq, xo'roz qichqirmasdan avval, sen Mendan uch marta tonasan, - dedi. 35 Butrus Unga: - Men Sen bilan birga o'lsam ham, Sendan aslo tonmayman! - dedi. Boshqa hamma shogridlari ham shunday dedilar.
(Zabur 113-118, Matto 28:7, Yuhanno 13:38, 16:32)

Iso oxirgi kechlikda izdoshlari bilan yangi ahdni o'rnatdi. Rabbiyning Kechligining qurbonini boshlab, U Zabur 117 da ifodalangan madhiyalar bilan Fisih taomini yakunladi. Keyin U turib mustahkam iroda bilan o'limi tomon harakat qildi.

U O'zining kelayotgan og'riq va azoblari haqida o'ylamasdan, balki kuchsiz bo'lgan shogirdlari haqida o'ylagan edi. U shogirdlarini Unga sodiq qolishlari uchun bo'ladigan kurash haqida ogohlantirdi, va ularga g'alabali tirilishi haqida ishonch bilan tasdiqlab berdi. Bugun, Masih yengish hayotida yashash uchun shogirdlarini kuchlantirishini va va'da berganidek g'alaba bilan O'zining qo'ylarini boshqaradi. Biz Uning kuchi bilan o'limdan tirilgan Masihning qadamlarida yurolamiz.

Shogirdlar Xudoning rejasiga qarshi bo'lgan yovuz ruhlarga qarshi ularni kutayotgan zo'ravon kurashni kutmadilar. Balki ular o'zlarining kuchlari bo'ladigan kurash uchun yetadi deb o'ylashdi. Chunki ular o'zlarini iblisga qaraganda kuchli va qobilyatliroq deb hisoblashgan, Masih ularning to'liq mag'lubiyatlarini oldindan aytib berdi.

Shogirdlar Muqaddas Yozuvdan bo'lgan Isoning daliliga tushunmadilar va Xudo Cho'ponni jarohatlaganda, Uning tanlangan qo'ylari tarqab ketishini tushunib yetmadilar (Zahariyo 13:7). Bu fikr fikrlaridan narida edi va ularga to'siq yaratildi. Dunyoning Najodkori o'ldirilishiga yo'l qo'yish Xudo uchun mumkinmidi?

Butrus o'zi va boshqa shogirdlar Masihdan tonishi haqidagi Isoning bashoratidan hafa edi. U bunga mag'rurlik bilan e'tiroz bildirib, Rabbiysiga bo'lgan to'liq sodiqligini aytdi. Biroq, Iso allaqachon xo'roz qichqirganda Undan uch marta tonishini bilgan edi. U Butrusni u gunohga qulashini chunki u o'zining kuchiga ishonganligini bu bashorat orqali ogohlantirdi.

Butrus botir bo'lgan va buyuk ishonchi bo'lgan. U onda-sonda birinchi gapirar edi, asosan o'zi haqida. Ba'zan Masihning so'zlari haqiqiy vahiy bo'lgan, lekin boshqa payitlari bular uni bu daf'ada fosh qildi.

Butrus hech qachon - hozir yoki umuman Masihdan voz kechmaydigan va'da bilan o'zini bog'ladi. Agar bu va'da Masihning inoyatidagi kamtar bog'lig'likda yaratilganda edi, bu zo'r ochiqlik bo'lgan bo'lar edi. O'zimizni tekshirish bu asosiy burchimizdir.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, biz Seni sevamiz chunki Sen barcha shog'irdlaringni keladigan vasvasa haqida ogohlantirding. Sen Butrusni o'ziga ishonishni o'rganmasligi uchun unga yordam berishni xohlading. Biroq, u Sening ogohlantirishlaringga e'tibor bermadi. Biz Sening ogohlantirishlaringga qaramay balki o'zimizning aqlimizga va kuchimizga ishonganimiz uchun bizni kechir. Senda yashash orqali kuchli bo'lishimiz uchun bizga yordam ber. Qo'llarimizni olib, Sen bilan himoyalanib yurishimiz uchun bizni boshqar.

SAVOL:

  1. Butrus nima uchun Isoning ogohlantirishlariga ishonmadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 31, 2023, at 05:02 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)