Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 139 (Jesus Walks on the Sea)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

c) Isoning Suv ustida Yurishi (Matto 14:22-27)


MATTO 14:22-27
22 Iso shogirdlarini o'sha zahoti qayiqqa tushirib, nargi tomonga suzib o'tishga majbur qildi. Ungacha O'zi odamlarga ruhsat beradigan bo'ldi. 23 U xaloyiqni jo'natib bo'lganidan keyin, tanho O'zi ibodat qilish uchun toqqa chiqdi. Kech kirganda, u yerda yolg'iz O'zi qoldi. 24 Qayiq esa ko'lning o'rtasida bo'lib to'lqinlarda chayqalar, yoqimsiz shamol esmoqda edi. 25 Subhi damda Iso ko'l tomonda shogirdlari yoniga keldi. 26 Ular esa Uning ko'l ustida yurib kelyotganini ko'rib dahshatga tushdilar. - Bu bir sharpa! - deb qo'rquvdan qichqirib yubordilar. 27 Lekin Iso shu zahot ular bilan muloqotga kirib: Dadil bo'linglar, bu Men, qo'rqmanglar! - dedi.
(Mark 6:45-52, Luqo 6:12; 24:37, Yuhanno 6:15-21)

Isoning shogirdlari to'ydirilgan xalqqa o'xshab bir hil vasvasaga tushishi Isoning maqsadi emas edi. Ular Beruvchi haqida qayg'urmadilar, balki mashaqqatsiz ovqat haqida faqat o'ylab, ularga berilgan non haqida qayg'urdilar. U yerda hech qanday haqiqiy yuraklarning o'zgarishi yo'q edi, va shuning uchun ular Xudoning O'g'lidan ko'ra o'zlarini ko'proq sevishgan.

Iso olomondan chetlab, tanqid qiladiganlar non haqida emas, balki mo'jizaning mohiyati haqida fikr yuritishlari uchun izdoshlarini ulardan ajratgan. Keyin Masih cho'lda ibodat qilish uchun va Otasining mo'jizalarini e'tirof etish uchun hammadan O'zini holi qo'ygan. Masih bu bilan Xudoga rahmat aytgan. Hayotingiz mobaynida Xudo sizga bergan marhamat va inoyatlar uchun Unga qanday qilib rahmat aytasiz? Biz Xudoga minnatdorchilik bildirish orqali va Unga sajda qilish orqali mag'rurlik va takabburlikdan ozod bo'lamiz.

Bir muncha vaqt oldin, shogirdlar haqiqatga qaytgan edilar. Bo'ron ularga qarshi ko'tarildi va dengiz jo'sh urdi. Ular hali osmondagi Otaning uyini ko'rishmagan edi, lekin ular o'zlarini Masihsiz qiyinchilik dengizi o'rtasida topdilar. Ular Najodkorlari ulardan uzoqda deb o'ylagan edilar, chunki U ularga ko'rinarli emas edi. Biz ham ba'zan bizga qarshi keladigan to'fonni, bizga kelayotgan zulmatni va atrofimizdagi hatarni ko'ramiz, lekin “behosdan keladigan qo'rquvdan qo'rqma” (Hikmatlar 3:25).

Shogirdlar ular bilan birga bo'lmagan Najodkorlari nomini chaqirib ibodat qilishlari kerak edi, Iso ular hech qachon unutmaydigan ta'limni ularga bergan edi. Ular qutqaruvchi Xudoni chaqirganlarida, tunda ko'rinish orqali Masih ularning oldiga keldi. Shogirdlar Isoni tanimadilar, chunki ular ibodat qilganlaridek ularda imon yo'q edi. Ular Isoni U sharpa deb o'ylashdi, chunki ular qaltirab, qo'rquv va daxshatdan baqirib yubordilar.

Siz abodatingizga javob berilishiga ishonasizmi? Yoki qiyinchiliklar va muammolar o'rtasidagi ruhlardan qo'rqasizmi? Siz hatto Masihni ko'rmasangiz ham U sizga yaqin kelyapdi. Unga ishoning va shunda siz abadiy himoyalanasiz.

Iso “Bu Menman” deb, O'zini qo'rqqanlarga e'lon qilgan. Bu bayon O'zi haqida Rabbiyning e'loni kabi Eski Ahd xalqiga yaxshi tanilgan (Chiqish 3:13-14). Masih ozginadan nonni yaritishiga qo'shimcha ravishda, shogirdlaridan hamma qo'rquvni haydab va ularni qiyinchiliklarida va ishonchsizliklarida qutqarib, ahding sodiq Rabbiysi kabi izdoshlariga O'zini e'lon qildi.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen non bilan taminlay oladigan shoh kabi toj kiyishdan bosh tortding. Sen inoyating bilan kechiriming va solihliging orqali bizni o'z ichiga olish uchun xochdagi uyat yo'lida davom etding. Sen bizlarni non yoki pulga bo'lgan ochko'zlikdan emas, balki bizni hech qachon tashlab ketmaydigan, yoki chuqurlikka, noumidlikning qora zulmatiga tashlab ketmaydigan sodiq Rabbiy ekaninga ishonishimiz uchun Senga bo'lgan sevgidan va bog'lanishdan Senga ergashishimizni bizdan istaysan.

SAVOL:

  1. Muqaddas Kitobda “Bu Menman” degan bayon nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 23, 2023, at 06:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)