Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 107 (Division)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

d) Voizlik tufayli Bo'linish (Matto 10:34-39)


MATTO 10:34
34 Meni yer-yuziga tinchlik keltirish uchun kelgan, deb o'ylamanglar. Men tinchlik emas, balki qilich keltirgani kelganman.
(Mixo 7:6; Luqo 12:51-53)

Iso tinchlik shahzodasidir, va Uning izdoshlari tinchlik o'rnatuvchilar deb nomlanadi. Biz xushxabarda “tinchlik” so'zini 100 marta o'qiymiz, lekin Iso nima uchun tinchlik emas balki qilich keltirish uchun kelganini aytadi? Bu degani, birinchi gunohga qarshi zo'ravon kurashga kiradigan kishi o'zidan voz kechib, o'zi uchun o'ladi. Siz ham Xudoga ham o'zingizga birdek xizmat qilolmaysiz. Siz birinchisidan nafratlanib, ikkinchisiga yopishib olasiz yoki birinchisini sevib, ikkinchisidan ajraysiz. Iso Rabingizning kuchi bilan gunohingizni tark etib uni yengib chiqishingiz uchun irodangizni tanlashingizni istaydi.

Ikkinchisi, Isoning qilichini keltirish bu biz dushmanlarimizni yo'q qilish uchun bundan foydalanishimizni anglatmaydi, chunki U hech qachon qilichni qo'liga olmagan, yoki qon to'kmagan. Havoriylar kitobiga kirib borgan kishi bir qo'lda Yahudiylar yoki boshqa qo'lda G'ayriyahudiylar va shohlik xalqi o'rtasida urush haqida hech qanday eslatishni topmaydi. Biroq, bu tarixiy kitob bizga dunyo hokimliklari jamoatlarning a'zolariga qarshi dindor yo'lboshchilarini va aqidaparastlarni qondirish uchun qilichdan foydalanganligini aytadi.

Masih ruhiy shohligi uchun hech qanday o'ldirishga yoki qon to'kishga ruhsat bermaydi! Bizning e'tiqodimiz qilichga asoslanmagan, balki sevgi va hurmatga asoslangandir. Bu qoidani buzadigan har bir Masihiy hukm bo'ladi. Iso ruhiy kurashdan chekinmagan, balki shogirdlarini ular ruhiy urush mobaynida shunday urush kuchayganda qochib ketmasliklari uchun yovuz ruhlarga qarshi qattiq urushga tayyorlagan. Havoriy Pavlus biz imon va sevgi bilan yovuz kuchlarni yengishimizni yozgan (Efesliklar 6:16 va Rimliklarga 12:21). Biz insonlarga olib keladigan ofatlar tufayli Xudodan sohta dinlarni va falsafalarning kuchini butunlay yo'q qilishini so'raymiz.

Imon kishisi bo'lgan Charles H. Spurgeonni iflos markazning ochilish xizmatga tanishtirish uchun bir rassom tomonidan mazax qilib va nafrat bilan taklif etishdi. Cho'pon bir cho'pondek kiyimini kiyib taklifnomaga javob berdi. Ochilish xizmati boshlanyotganda, cho'pon turdida tinglovchilarga “Xonimlar va janoblar, siz meni ochilishni boshlash uchun taklif etdingiz, shuning uchun kelinglar men bu uchrashuvni ibodat bilan boshlayin” deb murojaat etdi. Tinglovchilar qaltirab hayron bo'lishdi. Ular bir-birlariga gangirab qarshdi, lekin cho'pon ularning ajablanishiga e'tibor bermasdan, shunday deb ibodat qildi, “Ey Rabbiy, Sen hamma yerdasan, va Sen bu odamlar nima qilishni istayotganlarini ko'rasan. Men Sendan yosh va qarilar orasida jamiyatimizga bu gunohni tarqatib ular bunda qattiq turib olmasliklari uchun bu ahmoqlikni hokimyating bilan to'xtatishingni so'rayman” dedi, keyin u “Ey Xudo, Omin” deb ibodatini tugatdi va hammaga hayir deb, u joyni tark etdi.

Bir yildan keyin, qattiq tushunmovchilik va tortishuv ularning orasida kiyno zali uchun javobgar bo'lganlar orasida ko'tarildi. Kino zali berkitildi va bu ish to'xtatildi.

Bugunlik kunda dindor yo'lboshilarning ko'plari Spurgeondan qancha uzoqdadir. Ular hunuk iflos ko'rsatuvlarga qarshi yo oynayi jahonda yoki kinolarda kichkina barmog'larini bog'lamaydilar. Biz ulardan ba'zilari ochiq va zamonaviy suratda o'zlarining xizmatlarini va daf'alarini qo'shishlarini topamiz. Ular Rabbiylari “Siz yerning tuzisizlar. Agarda tuz kuchini yo'qotsa, uni yana qanday qilib sho'r qilish mumkin? U endi chiqitga tashlab yuboriladi, oyoq ostida paymol bo'lishdan boshqaga yaramaydi” (Matto 5:13) deb aytganda ularni ishontirgan joyni unutish uchun ayyorlik qiladilar.

Masihning so'zlarining ko'pi xizmatkorlarini og'zaki javob berishga va hujumlarga chidashga tayyorlashga yo'naltirilgan. Masih uchun qilich bu hammaga do'q uradigan va bizning ustimizdan hokimlik qilishni istaydigan yovuz kuchlarga qarshi kurashni anglatgan.

Yahudiylar Masih hamma izdoshlariga bu dunyoda boylik, hurmat va kuch bergani kelgan deb o'ylashgan. “Yo'q” Masih dedi, “Men sizga tinchlik berish uchun kelmadim; yer-yuzida emas, balki osmonda tinchlik bo'lishiga ishonishingiz mumkin. Masih bizga birodarlarimiz bilan haqiqiy tinchlikni va vijdonimizda tinchlikni davom ettirib, Xudo bilan haqiqiy tinchlikni berish uchun kelgan, lekin “Dunyoda qayg'u-alam chekasizlar” (Yuhanno 16:33). Oxirgi kunlarda tinchlik yer-yuzidan butunlay olib qo'yiladi (Vahiy 6:4) Tinchlik Shaxzodasi qaytib kelgunicha.

MATTO 10:35-37
35 Odamni otasidan, qizni onasidan kelinni qaynonasidan ajratish uchun kelganman. Odamning dushmanlari o'z uydagilari bo'ladi. 37 Ota yoki onasini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas. O'g'li yoki qizini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas.
(Iklamchi Qonunlar 13:7-12; 33:9; Luqo 14:26-27)

Iso Uning ismini qabul qiladigan hammani va Unga sodiq qoladiganlarni biladi. Iso ularni oilalarining bog'liqligidan, yoqtirgan oilalarining inidan yoki xalqlarining madanyatidan ularni tortish uchun harakat qiladi. Iso qon-qarindoshlik e'tiqodga qaraganda urf-odatga ko'ra kuchliroq va qimmatroq ekanini biladi, va qarindosh-urug'lar Isoga ergashish uchun qarindoshlariga ossonlikcha ruhsat bermaydilar. Ular Isoda qayta tug'ilishdan ko'ra nopoklikda yashashni tanlaydilar.

Yoshlar quvg'inchilar bo'ladilar va quviladilar. Ona ishonadigan qiziga qarshi chiqadi, tabii ta'sir va sevimli vazifa to'xtatishi kerak yoki janjal tezda hal bo'lish kerak deb o'ylaydi. Kelin qaynonasiga qarshi bo'lsa hayron bo'lmang, sevgidan sovish tortishuvni izlaydi. “Bir insonning dushmanlari o'z uyidagilardir” (36 oyat). Uning do'stlari bo'lganlar Masihiylikni qabul qilish uchun unga qarshi g'azabnok bo'ladilar, va asosan quvg'in bo'lishga kelganida bunga yopishib olish uchun unga qarshi quvg'inchilari bilan qo'shiladilar.

Iso ilohiy shohligini tarqatishdagi va'zida, U ikki karra hayotda uchraydigan insonning eng qattiq og'rig'i Isoning ismini ulug'lash sababi bilan oilasidan ajrashidir deb aytgan. Xudoning oilasidan bo'lgan a'zoligimiz dunyoviy oilamizda bo'lganimizdan ko'ra muhimroqdir. Ota-onangiz yoki qarindosh-urug'ingiz sizni Isoga ergashishdan to'xtatganda, siz insondan ko'ra Xudoga itoat qilishingiz kerak chunki Mavjudotlar Yaratguvchilariga o'zlarining itoatsizliklarida bo'ysuntirilmaydilar. Ba'zan ota-onalar azob tortadilar! Ular bolalarini sevadilar va Isoni tark etish va Masihga qarshi guruhga qo'shilish uchun turib oladilar, lekin Xudoning sevgisi hatto bizning his-tuyg'ularimizni ham yengib chiqadi.

Bu sinovlar orqali boradigan kishi yordamga va ibodatlarimizga loyiqdir, chunki biz u qarindosh-ururg'larini va oilasini tark etgandan keyin uning yangi oilasi bo'ldik.

IBODAT: Ey Muqaddas Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen barcha insonlarni sevasan, asosan O'g'ling Isoga bo'lgan imonlari tufayli quvg'inga va zo'rlikka yuz tutadiganlarni sevasan. Sen ularning ruhiy Otasisan! Iltimos ular o'zlarini kamtar tutib, qarindoshlarini sevib, ularga xizmat qilib va Masihning mehrli Ruhi ostida ular bilan birga yashashlari uchun qarindoshlari bilan o'zlarini qanday tutishlari uchun ularga donolik ber. Quvg'in bo'lgan bolalaring yakkalanib va quvg'in bo'lib yashamasdan, balki azizlarning birligida himoyalanib va sevilib yashashlari uchun ilohiy oilanga qo'shilish eshiklarini ochgin.

SAVOL:

  1. Isoga bo'lgan imoni tufayli u kishini quvg'in etadigan oilasi bilan bu kishi qanday o'zini tutishi kerak?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)