Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 012 (The Sanhedrin questions the Baptist)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
B - Masih shogirdlarini tavba qilish qoidasidan to'y oqshomining xursandchiligiga boshlaydi (Yuhanno 1:19 - 2:12)

1. Oliy kengashning vakili Yahyoni so'roq-savol qiladi (Yuhanno 1:19-28)


YUHANNO 1:22-24
22- Axir, sen kimsan? Bizni yuborganlarga javob qilishimiz kerak. Sen o'zing haqingda nima deysan?-deb so'radilar. 23-Men, Isha'yo payg'ambarning aytganidek, "Xudovandga yo'l xozirlanglar ",deb saxroda xitob qiluvchining sadosiman,-dedi Yahyo. 24 Uning oldiga yuborilganlar orasida farziylar ham bor edi .

Vakillarning Yahyoga o'qlarini qaratgandek savollari o't oldi. Bu savollar bidyatlarga ta'luqli bolgan, Masihning haqiyqati kelishidan oldin ular taslim bo'lishni kutishgan. Lekin u Masih bo'lishni yoki Elisha bo'lishni yoki Muso orqali aytilgan payg'ambar bo'lishni rad etgandan keyin u ularning fikrlarida ahamiyatni va xavf-xatarni yo'qotdi. Ular Yahyo kim ekanligini va kim unga uning Xushxabarini topshirganligi haqida so'rashga harakat qilardilar. Ularning maqsadlari uning holatini to'la bilib olmasdan Oliy mahkamaga qaytib bormaslik edi.

Savollarda Ishaya payg'ambarning payg'ambarchiligi bilan qilinadigan hech narsa yoq edi ( Ishaya 40:30), lekin Ruh suvga cho'mdiruvchini bu matnga boshladi. U o'zini, Xudovandni yo'lini tayyorlab, cho'lda yangragan sadodek tasvirladi. Agar u Muqaddas yozuvdan ko'rsatmalar bermaganida edi, ular uni o'zining vahiysini tuzishda va o'zining vakolatida ayblagan bo'lar edilar. Keyin ular uni kufrlikda ayblagan bo'lar edilar. Shunday qilib Yahyo o'zini past oldi va o'zini hech kim deb hisoblamasdan balki cho'lda sado yangrashidek da'vo qilib Eski Axddagi eng past mavqeni oldi.

Biz hammamiz dunyomizdagi cho'lda yashaymiz. Bizning atrofimiz tartibsizdir va shovqun-surondir. Lekin Xudo bizning bechora dunyomizni va undagi buzilgan odamlarni yordamchisiz tashlab ketmaydi. U insonzodning oldiga ularni saqlash uchun keldi. Bu jannatdan erga kelish ulug' inoyatdir. Biz munosib bo'lganimizdek bizlarni barbod qilmaydi, lekin bizlarni qidirib, biz uchun qolgan yo'qolganlarni qidiradi. Uning sevgisi bizning miyyalarimizga sig'dira olganimizga qaraganda ulig'rog'dir. Uning najodi cho'lni yashil bo'g'larga aylantirishni o'z ichiga oladi.

Yahyo Muqaddas Ruh orqali bizning dunyomizga Masih orqali Xudo kelayotganini tushinib yetdi. Shunda u odamlar o'zlariga kevolishlari uchun va kelayotgan Xudoni qabul qilishga tayyor bo'lishlari uchun chaqirishni boshladi. Uning Masihning yo'lini tayyorlash uchun g'ayrati, uni dunyomiz cho'lidagi sadoga aylantirdi. U o'zini payg'ambar yoki habarchi deb atamadi, balki faqat sado deb atadi. Lekin bu sado insonlarning uhlab qolgan qalblarini shundayligicha qoldirib ketish emas balki Xudo tomonidan kelgan vakolot edi.

Bu sado nima deyotgandi? Xushxabarning mag'zi shunday edi: O'rningizdan turing va Shohlik sizni ustingizdaligini tushunib eting! Hayotingizni to'g'irlang! Xudo muqaddasdir va U sizni hukm qiladi. Xudo hamma sizning o'g'irliklaringiz, yolg'onchiligingiz, iskanjalaringiz va adolatsizligingiz uchun Unga hisob berishingiz uchun sizni huzuriga chaqiradi va do'zax olovida jazolaydi. Xudo gunohlaringizni pisand qilmaydi. Johil odamning hamma qilgan qunohlari Xudoning oldida paydo bo'ladi. Va yaxshi odamga o'xshagan inson johil insondan yaxshiroq bo'lmaydi. Chunki hechkim Uning oldida ayibsiz emas.

Yahyo orqali bu qiyinchilik o'zini tekshirishga, buzilgan fikrlarini, mag'rurligini bartaraf qilishga va fikrini o'zgartirishga etaklaydi. Birodar, o'zingizni yaxshi deb va qabul qilingan deb hisoblaysizmi? Haqqoniy bo'ling va aybingizni tan oling! Agar siz kichkina narsada nohaqlik qilib birorkimni narsasiga ko'z olaytirgan bo'lsangiz tezda egasiga uni qaytarib bering. Mag'rurligingizni sindiring va Xudo uchun yashang. Sizning hayotingizda nima egri bo'lsa to'g'irlang. Xudoning oldida tizza cho'king, chunki siz yomon ishlar qildingiz.

Bu vakil xodimlarining ko'plari Farziylar edilar. Ularning aqildan ozganliklari Yahyoning jasorati orqali fosh bo'ldi, chunki ular solih bo'lishga, mahoratli va yaxshi bo'lishga payonsiz ehtiros bilan Qonunni sinchiklab saqlashga da'vo qilgan edilar. Lekin ular o'zlarini o'zlari aldayotgan edilar. Aslida ular ichki ahloqsiz, yolg'onchining uyasidek ularning fikrlari qasosga to'la bo'lgan fikrlari bilan ko'zlari orqali iflos tasavvurlarni o'tkazdirib, ular faqat ikkiyuzlamachilik bilan ayyorlik qilganlar.

Ularning jiddiy yuzlari koyishdan Yahyoni noumid qilmadi, va bizlar Xudoga qaytib borishimiz kerakligini, va yaqinda Xudo bizning oldimizga kelishi uchun Uning yo'lini hozirlashimizni eslatadi.

IBODAT: Tangrim Sen mening yuragimni, o'tgan hayotimni va gunohlarimni bilasan. Men Sening oldingda oshkor va yashirin gunohlarimdan uyatdaman. Men Sening oldingda hamma nopok ishlarimni tan olaman va kechirishing uchun yolvoraman. Huzuringdan meni haydama. Boshqalarning narsasiga ko'z olaytirganlarimni qaytarishim uchun menga yordam ber va boshqalarning yuragini og'ritganim uchun ulardan kechirim so'rashim uchun menga yordam ber. Inoyating orqali meni gunohlarimdan tozalab, mag'rurligimni parchalab tashla, ey, rahimdillarning Rahimdili.

SAVOL:

  1. Qanday qilib Yahyo odamlarni Xudoning yo'lini tayyorlash uchun chaqirdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:11 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)